Alsab

Premium mahsulotga premium dizayn

Ko‘z nurini yaxshilovchi Alsab to‘plami uchun kompleks ishlarni amalga oshirdik.

1. Qadoq dizayni

To‘plamda 3 ta mahsulot bor — bu Mehrigiyo yog‘i, lavandali ko‘z spreyi va ko‘z niqobi. Biz avval har bir mahsulotning tashqi ko‘rinishi, ya’ni dizaynini ishlab chiqdik va 3D modelini tayyorladik. Yakunda to‘plam qutisini ishlab chiqdik.

2. Yo‘riqnoma

Mahsulotni to‘g‘ri qo‘llash uchun foydalanish yo‘riqnomasini ishlab chiqdik. Bunda uchta mahsulotning xususiyat va foydalari haqida alohida yozib chiqdik. Ularni qo‘llash ketma-ketligini tasvirlar orqali ko‘rsatib berdik.

3. Logotip

To‘plam uchun unikal logo yaratdik. Unda ko‘z obrazini ifoda etuvchi shakllardan foydalandik. Qora va tillarang uyg‘unligi orqali mahsulotning premium toifada ekanini ko‘rsatib berdik. Mahsulotlar, yo‘riqnoma va qutining old qismiga logoni joylashtirdik.

4. Vizualizatsiya

Imijni oshiruvchi animatsion vizualizatsiya orqali mahsulot qutisini va undagi uchta mahsulotni alohida ko‘rsatib berdik. Alsab ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi mahsulot ekanini ta’kidlash uchun maxsus effektlarni ishlatdik.

Endi siz mahsulot uchun mana shunday professional va kompleks xizmatlar kerak bo‘lganda kimga murojaat qilish kerakligini bilasiz 😉

Тренды дизайна упаковки

Next Project

Back To Top
Theme Mode