Qadoq dizaynini ishlab chiqishda biz brend milliyligini iloji boricha saqlab qolishga intildik va mahalliy madaniyatga ishora qiluvchi bir nechta elementdan foydalandik.
Jumladan, qadoqdagi barcha kopiraytlar qoraqalpoq tilida yozilgan, shu bilan birga dizaynda ushbu choyni sutga qoʻshib iste’mol qilish mumkinligi ham koʻrsatib oʻtilgan, negaki bu Qoraqalpogʻistondagi ancha mashhur an’anadir.
Qadoq qoraqalpoq naqshlari, oʻtovlar va karvonlar rasmlari bilan ham boyitilgan. Shuningdek, choy rangini mahsulotning real rangidan oldik. Aynan shu narsa ham nijoz maqtoviga sabab boʻldi.