Amin

                                                                                                                       Amin toys

Amin Toys Oʻzbekiston aholisining katta qismi uchun yuqori sifatli oʻyinchoqlar ishlab chiqarishga qaratilgan mahalliy kompaniyadir. Shuningdek, mamlakatning turli shaharlarida oʻz doʻkonlari mavjud.

Hozirgi loyihada bizning maqsadimiz tank, vertolyot va jeep dan iborat harbiy mavzudagi oʻyinchoqlar toʻplami uchun qadoqlarni qayta ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan edi. Dastlab, oʻyinchoq kichik matoli sumkada sotilishi rejalashtirilgan ekan, ammo bunday qadoq mahsulotga boʻlgan arzon qarashni shakllantirar edi.

Shuning uchun biz premium qadoqni ishlab chiqishga qaror qildik: formatni paketdan qutiga oʻzgartirdik va oʻyinchoqlarning haqiqiy koʻrinishini aks ettiradigan va sotishni koʻpaytirishi mumkin boʻlgan noyob rasmlarni ishlab chiqdik.

Original illyustratsiyalarni yaratish uchun oʻyin va filmlarda aks etgan harbiy mavzudagi bir nechta harakat sahnalarini tahlil qildik.

Ish oqimining yana bir muhim qismi 3D modellashtirish edi. Modellarni oʻyinchoqlarning haqiqiy koʻrinishiga iloji boricha yaqinroq qilish biz uchun juda zarur — chunki xaridorlar har doim qadoq ustida tasvirlangan narsani olishni kutishadi va agar haqiqiy mahsulot boshqacha, yomonroq, upakovkadagidek boʻlmasa, bu brend va doʻkonga nisbatan juda koʻp salbiy fikrlarni keltirib chiqaradi, bu esa moliyaviy va avtoritetning yoʻqolishiga olib keladi. Shu sabab real ko’rinishda qanday boʻlsa, shunday modellashtirdik.

Next Project

Back To Top
Theme Mode