Azzir

                                                                                                                              Azzir

Ziravorlar – ovqatga oʻzgacha ta’m va aromat bagʻishlaydi. V.V.Poxlebkin tomonidan taklif qilingan tasnifga koʻra, ziravorlar

3 guruhga boʻlinadi: klassik yoki ekzotik ziravorlar va mahalliy ziravorlar. Azzir deyarli barcha turdagi ziravorlar toʻplamiga ega.

Ziravorlar xilma xil boʻlgani kabi dizayn ham turlicha boʻlishni talab qilardi. Eng asosiysi, qadoq ustidagi taomning hidini xaridorlarga yetkazib berishdir. Shu orqali biz, ushbu ziravor bilan taom yanada mazali boʻlishini yetkazib bera olamiz. Haqiqiy jonli manzarani aks ettirmagunicha, qadoqda manipulyatsiyaning nozik detallaridan foydalandik.

Dizaynimiz e’tibor markazida mahsulotning asosiy maqsadli auditoriyasi boʻlgan – uy bekalari boʻldi. Ularning qarashlari va fikrlaridan kelib chiqib qadoq tayyorladik. 

Sifatli brendlash Azzirga bir yil ichida 4 turdagi ziravorlar assortimentini 160 turgacha oshirishga imkon berdi, mahsulotni sotish esa faqat javonlarda namoyish qilish orqali ta’minlandi. Bugungi kunda brend butun Oʻzbekiston boʻylab sotilmoqda va allaqachon Rossiya va Qirgʻiziston bozorlariga ham kirib bordi

Next Project

Back To Top
Theme Mode