Medea miracle medicine

«Medea miracle medicine» —farmatsevtik preparatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi rivojlangan kompaniya. 


Vazifa: kompaniyaning bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan preparati uchun qadoq dizaynini ishlab chiqish. 


«Lecithine kids by medea» – letsitin tarkibli preparat bo‘lib, u bolalarda xotirani mustahkamlaydi, diqqatni yaxshilaydi, intellektual rivojlanishga va jigarning fermentativ funksiyasini tiklashga ko‘maklashadi. 


Preparatning qadoq dizaynida asosiy iste’molchilar bolalar ekanligidan kelib chiqib personaj ishlab chiqdik. Personaj sifatida ajdarhoni tanladik. Sababi ajdarho do‘stona xarakterli va ezgulik timsoli sifatida kommunikatsiyaga kirasha oladi. Qadoq dizaynida sariq va yashil ranglardan foydalanish evaziga preparat raqobatchi takliflardan yorqin ajralib turishiga erishdik.


Shuningdek, preparatning ta’sir doirasi hamda afzalliklari aniq va tushunarli qilib piktogramma orqali dizaynda yoritib berildi.


Biz tomondan ishlab chiqilgan dizayn jiddiy tanlovlardan o‘tdi. Birinchidan, u onalar tomonidan tanlandi, keyin esa asosiy fokus – bir guruh bolalarning o‘zlari tomonidan tasdiqlandi. Ishonch hosil qilishingiz mumkinki, dizayn ota-onalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlarning kichik iste’molchilariga ham yoqadi

Next Project

Back To Top
Theme Mode