Bobur Tea — o‘z vaqtida Hindistonni zabt etgan Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga yaratilgan choy brendi uchun konsept. Bugun ko‘pchilik yoshlar Bobur haqida juda oz ma’lumotga ega, biz mana shu loyiha orqali yosh avlodda uning hayotiga va madaniyatga qo‘shgan hissasiga qiziqish uyg‘otishga harakat qildik.
Vazifa
Uch turdagi choy uchun qadoq dizayni ishlab chiqish. Qadoq nafaqat madaniy meros bilan bog‘liqlikni ifodalashi, balki innovatsion yechim ham berishi kerak.
Yechim
Uchta qadoq konsepti ishlab chiqildi, ularning har birida Bobur hayotining turli sahnalari tasvirlandi. Qadoq yorug‘lik o‘tkazuvchi vitrajli shisha uslubida bajarildi. Choy ishlatib bo‘lingandan so‘ng qadoqni dekorativ shamdon sifatida ishlatish mumkin — bu qadoqqa «ikkinchi hayot» bag‘ishlaydi va uni foydali bezakka aylantiradi. Bunday g‘oya tufayli bu mahsulot shunchaki choy emas, balki Bobur haqidagi xotiralarni o‘zida saqlovchi san’at asari ham bo‘ladi.