O‘yinchoqlar — bu bolalikning bir muhim qismi. Bizning bolalik paytlarimizda o‘yinchoqlar asosan Xitoydan kelardi va uzoq xizmat qilmasdi. Bugun esa O‘zbekistonda ham sifatli va xavfsiz o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘paymoqda.
Biroq iste’molchilar e’tiborini jalb qilish uchun nafaqat sifatli mahsulotga ega bo‘lish, balki uni jozibador qilib qadoqlash ham kerak. Yaxshi qadoq dizayniga ega o‘yinchoqlar yaxshiroq sotiladi, bozorda o‘z o‘rnini topishi oson bo‘ladi.
E’tiborni tortuvchi dizaynerlik qadog‘iga ega o‘yinchoqlarni sovg‘a sifatida berish mumkin bo‘lgani uchun ularga talab ham yuqori bo‘ladi.
Rasmlarda ko‘rib turganingiz — Kichkintoy Yoqimtoy brendining tog‘-kon samosvali o‘yinchog‘i uchun ishlab chiqilgan qadoq dizayni. Dizaynda tog‘li hududlar fonida turgan bahaybat samosvalni aks ettirdik. Bu mashina nima uchun mo‘ljallanganini yana bir bor ko‘rsatish uchun atrofni qazilma boyliklar, qimmatbaho toshlar illustratsiyalari bilan boyitdik. Mahsulot ruhiga mos ravishda tekis liniyali, qalin shriftlardan foydalandik.