Durust

Durust

Oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatuvchi kompaniya uchun keyingi muvaffaqiyatli nomlash va qadoqlash loyihamiz. Ushbu kompaniya avvallari Belarus va Rossiyadan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelib, O‘zbekiston bozorida distribyutorlik bilan shug‘ullangan.

Loyihani muhokama qilish jarayonida biz kompaniya asoschilari sodiqlik, xudojo’ylik, ishonchlilik, o’zini hurmat qilish va tamoyillarni qadrlashini aniqladik. Va bu fazilatlar oziq-ovqat sohasida eng muhim hisoblanadi. Shuning uchun o‘zbek va ba’zi turkiy tillarda “odobli”, “yaxshi”, “eng yaxshi” ma’nolarini anglatuvchi Durust nomini taklif qildik. Ajablanarlisi shundaki, Durustning rasmiy nomi boshqa brendlar tomonidan olinmagan.

Keyinchalik tuzlangan bodring va pomidorlar, pomidor soslari uchun qadoqlash dizaynini ishlab chiqdik. Va bularning barchasi tegishli hujjatlar bilan tartibga solingan davlat standartlarining barcha talablariga muvofiq.

Bugungi kunga kelib, Durust bozorda o’zining mustahkam o’rniga ega va iste’molchilar orasida katta mashhurlikka ega.

Next Project

Back To Top
Theme Mode