Элитное

Xalqimizda «Ismi jismiga mos ekan» degan yaxshi gap bor. Odatda ism biror fazilatni ifodalasa, shu ism egasida o‘sha fazilat ko‘rilsa, shu gap aytiladi.

Agar bu gap mahsulot haqida aytilsa, qanchalar zo‘r?! Bizning oldimizda ham o‘z nomi bilan «Elitnoye» deb turgan sariyoq mahsulotiga mos qadoq ishlab chiqish vazifasi turgandi.

Hashamdorlikni ko‘rsatish uchun biz tillarang va baxmal yashil ranglar kombinatsiyasidan foydalandik. Tillarang bilan tasvirlangan gul va barglar mo‘l-ko‘lchilikni ifodalasa, yashil rang ishonch va yuqori sifat hissini beradi.

Toster noniga surtilgan sariyog‘ ham o‘zgacha emotsiya beradi. «Oliy sifatli sariyog‘», «Premium toifasidagi sariyog‘» jumlalari esa mahsulot sifatini yana bir bor ta’kidlaydi.

Sizning ham mahsulotingiz ismi jismiga mosmi?

Next Project

Back To Top
Theme Mode