Jolly Boom

Mahsulotga nom topishda izlanishlar olib bordik va bir qancha variantlarni ko‘rib chiqdik.

Natijada ulardan Jolly Boom variantini eng munosibi sifatida taklif etdik. Nomning birinchi qismi «quvnoq», «xushchaqchaq» degan ma’noni anglatadi. «Boom» so‘zi esa nomga emotsiya beradi.


Nomdan kelib chiqqan holda logotip ishlab chiqdik. Mahsulot asosan bolalar uchun mo‘ljallangani bois logotip uchun o‘qilishi oson shrift tanladik va yorqin ranglardan foydalandik.


Mahsulot esda qolarli bo‘lishi uchun unga maskot, ya’ni qahramon yaratdik. U mahsulot nomidagi «Booom» so‘zini aytayotgandek ko‘rinishda tasvirlandi, uning sochlari esa marmeladni eslatadi. Mahsulotni moviy, pushti va yashil ranglar ustun bo‘lgan qadoqda taqdim etdik. Bolakaylar e’tiborini tortishi uchun yorqin ranglardan foydalandik.

Next Project

Back To Top
Theme Mode