Taom yetkazish xizmatiga neyming va logotip ishlab chiqdik.
Unga Labbay deb nom berishimizga sabab — boʻlajak brendga milliy ruh kiritish va mijozning buyurtmasiga darhol tayyorligimizni singdirish. “Labbay” deya javob berilsa, bu kimga yoqmaydi? Bizning yurtda qadimdan choyxona-yu oshxonalarda dastyorlar “Labbay” deya yugurib-yelib mijozlarga xizmat koʻrsatishgan. “Labbay” deganda bu xitob insonga brendning pozitsiyasi va ohangi (ToV)ni ifodalaydi.
Dizayn: Taom yetkazib berish xizmatida muhimi — tezkorlik. Qancha tez yetkazib berilsa, taom shunchalik issiqligini, ilk qozondan olingandagi ishtahani qitiqlovchi xushboʻyligini saqlab qoladi. Logotipda ham qoʻlida taom bilan mijoz tomon yugurayotgan odam obrazi tasvirlangan. Bu oʻz-oʻzidan logotipni koʻrgan odamda, ayniqsa, chegaralangan tushlik vaqtida shu oshxonaga buyurtma berib koʻrish istagini paydo qiladi.
Bundan tashqari, L harfi “labbay” soʻzining bosh harfi oʻlaroq brend aydentikasi sifatida ajratib olingan. Odam obrazi ham L harfi va boshqa qoʻshimchalar yordamida ifodalangan.
Yana bir jihati, logotipda sariq yoki qizil ranglardan foydalanildi. Bu ranglar insonning ishtahasini va kayfiyatini ochadi.