Numa Kids 

Muammo

BFQlar mashhurligi ortishi bilan esda qolarli qadoq dizaynlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xaridor ko‘pincha mahsulotni xarid qilishda uning tarkibi bilan tanishmay turib, vizual taassurotlarga tayangan holda tashqi ko‘rinishiga qarab tanlaydi.

Maqsad — BFQning yangi liniyasi mahsulotlari uchun individual qadoq dizayni yaratish.

 

Vazifa

Asosiy vazifamiz bolalar va o‘smirlar diqqatini tortishga qodir qadoq ishlab chiqish hamda Numa mahsulotlarining yaxshi va foydali mahsulot ekani haqida ijobiy assotsiatsiya va tasavvur hosil qildirish.

Yechim

Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun biz qadoq dizaynida an’anaviy tibbiy dorilar qadog‘i usulidan voz kechishga qaror qildik.

Bizning asosiy taklifimiz — bolakaylar ruhan va tasavvuran munosabat o‘rnata olishi mumkin bo‘lgan qahramonlar yaratish.

Har bir mahsulot ayiqlar oilasiga mansub hayvonlar tasviri bilan komiks uslubida boyitildi.

Qadoqdagi barcha qahramonlar mavjud mahsulotlarning maqsadi va ozuqaviy qiymatiga bog‘liq holda muayyan ma’noga ega.

 

Natija

Oson esda qolarli nomlarga ega noyob maskotlar Numa brendiga raqobatchilar orasida farqlanib turishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bularning barchasi turli xil marketing harakatlari uchun imkoniyat ochib beradi: maskotlarning haqiqiy o‘yinchoqlarini chiqarishdan tortib brend multfilmini yaratishgacha.

Next Project

Back To Top
Theme Mode