Pukki

Fenxel suvi vositasi uchun nom

 

Vazifa: mahsulotning tabiiyligini, chaqaloqlar uchun qoʻllanishini inobatga olib tushunarli nom topish.

 

Topilgan nom: Pukki

Lingvistik tahlil:
“Puk” soʻzi rus tilida asosan 2 xil maʼnoda qoʻllanadi: 1) gaz chiqarish maʼnosini beruvchi taqlidiy soʻz sifatida; 2) bogʻlam, oʻram maʼnosida.

-ki affiksi oʻzida ayni bir maʼnoni tashimaydi, ammo talaffuzni qandaydir mayinlashtiradi, nomning kichraytirish va erkalash shaklini hosil qiladi.

 

Nomga izoh:
1. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda qorin dam boʻlishi, qabziyat tez-tez kuzatiladi. Natijada chaqaloq yigʻlaydi, notinch boʻladi. Bunday paytlarda onalar odatda toʻplanib qolgan havo yoki axlatni qorindan chiqarib tashlash taraddudida boʻladilar. Chunki ich boʻshashi bilan bola tinchlanadi.

Kompaniya taklif qilayotgan mahsulot — fenxel (arpabodiyon) suvi, u xalq orasida “ukropnaya voda” nomi bilan tanilgan. Bu tabiiy vosita chaqaloqlardagi ayni shu muammolarda yengillik beradi. Ortiqcha havoni chiqarib tashlash orqali chaqaloq yengillikni his qilishiga ishora sifatida ham Pukki nomini ilgari surdik.

2. “Puk” soʻzi majoziy maʼnoda tushunilishi ham mumkin: qorinchadagi bogʻlam, tugunlar yechilsa, ogʻriqlar ham oʻz-oʻzidan barham topadi. Buning uchun Pukki vositasi yordamga keladi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode