Brendni taniqli qiladigan vositalardan biri — maskot, ya’ni qahramon. U mahsulotga o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi, raqobatchilardan ajratib turadi va odamlarda ishonch uyg‘otadi.
Bu safar biz Rashmilk korxonasining sariyog‘ va smetana mahsulotlari uchun unikal qizaloq qahramonini ishlab chiqdik. Sariyog‘da maskotning avval eskizini chizib oldik, so‘ng uni raqamli ko‘rinishga keltirdik, keyin esa tasvirni qo‘shimcha obyektlar bilan boyitdik, foniga musaffo tabiat tasvirini tushirdik.
Smetana uchun esa qizaloq bilan birga sigirni ham aks ettirdik. Sigir aynan sut mahsuloti ekanini ifodalashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, bu loyiha ustida ishlash 2023-yil sentyabr oyidan boshlangan va oktyabrda tasdiqdan o‘tgan.