Oʻzbekistondagi eng yirik biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.

Bizga esa brend yangi mahsuloti uchun aydentika yaratish maqsadida yuzlangan — bu mahsulot bolalar uchun antigelmintik vosita hisoblanib, mahsulot tarkibidagi antiparazitar kolosid moddasi nuridiydangizning ichki organlaridagi gijja va parazitlarga qarshi samarali kurashadi, bu esa oʻz navbatida, bolajoningizning ogʻriqlarsiz sogʻlom rivojlanishiga yordam beradi.

Preparat bolalar uchun yaratilgani, ammo bir vaqtning oʻzida uning neymingi dorining barcha foydali xususiyatlari qisqa va loʻnda tushuntira olishi kerakligini inobatga olgan holda, biz preparatga “Rikki” nomini berishga qaror qildik.

Bu nom bizni Radyard Kiplingning mashhur “Riki-Tiki-Tavi” hikoyasidagi bosh qahramon, mangustga ishora qiladi: chunki u ham doʻstlarini zararkunanda ilonlardan himoya qilgan. Inson organizmidagi parazitlar ham aynan ilonga oʻxshab ketadi.

Bizning holatda ham “Rikki” bolalar organizmida shunday ta’sir oʻtkazadi — dushmanlar bilan kurashib, sogʻlik va tozalikka erishadi.

Brend obrazini ham biz aynan shunday holda tasvirladik — qahramon niqobini taqib, qoʻliga qalqon ushlab olgan ayiqcha doimo zararkunandalar bilan kurashishga shay turadi.

uz

Next Project

Back To Top
Theme Mode