Rumiya

                                                                                                                          “Rumiya”

Rumiya – sutli, dudlangan va qaymoqli turdagi pishloqlar boʻlib, eng sara sutdan tayyorlanadi. Premium-segmentdagi iste’molchilarga moʻljallangan.

Mahsulotning vizual kodi sharqona miniatyura stilistikasida ishlangan, uning asosiy qahramoni — buzoq haqida qaygʻurayotgan qiz.

Bu obrazda mahsulotning tabiiyligiga ishora qiluvchi ramz yotadi — odatda, tabiiy pishloq ishlab chiqariladigan fermalarda buzoqlar koʻpincha yetarlicha ona sutini ololmaydilar, negaki bu sut aynan pishloq ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Illyustratsiyadagi har bir detal qoʻlda chizilgan boʻlib, final obrazni yaratishda yuzlab miniatyuralar oʻrganib chiqilgan.

Har bir mahsulot turi oʻziga mos rang bilan boʻyalgan, toki xaridor xohlagan pishlogʻini osonlik bilan tanlab ola olsin.

Mahsulot nomi ham pishloq kelib chiqishi tarixiga ishora qiladi — Rumiya soʻzi Rim shahrining nomini oʻzbekona talqinidan olingan, negaki, aynan Rimda ilk bor pishloq ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Biznes nuqtai nazaridan ham bu nomning afzalliklari bor — Oʻzbekistonda arabcha fonetikaga ega neyminglar soʻnggi yillarda ham premium ham ommaviy segmentlarda ancha samarali ekanligini isbotlab kelmoqda.

Next Project

Back To Top
Theme Mode