SAIDOVS STORE — original krossovkalarning taniqli yetkazib beruvchisi, 2017-yildan buyon faoliyat yuritadi. Kompaniya jahon brendlarining eksklyuziv oyoq kiyim modellarini taklif etadi va mahsulotlarining yuqori sifati tufayli butun dunyo bo‘ylab mijozlar ishonchini qozongan. SAIDOVS STORE O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Koreya, BAA, Turkiya, Misr va Germaniya kabi mamlakatlarga krossovkalar yetkazib beradi.
Muammo
Kompaniya krossovkalarni odatiy qog‘oz paketlarga solib taqdim etadi. Ammo paketning o‘ta oddiyligi tufayli e’tiborni tortmaydi va mahsulotga qiymat bermaydi. Krossovkalarni sotib olgandan so‘ng ko‘p hollarda xaridorlar paketni darhol tashlab yuborishadi.
Yechim
Biz kreativ yechim taklif etdik: qo‘l uzmasdan chizish uslubi yordamida krossovka illyustratsiyasini hosil qildik. Tasvir shunday joylashtirildiki, uning iplari paket tutqichi bilan uyg‘unlashib ketdi. Natijada vizual jihatdan qiziqarli, harakat va dinamikani ifodalaydigan paket hosil bo‘ldi.
Natija
Yangi paket dizayni mijozlar orasida haqiqiy xitga aylandi. Bunday original dizayndagi paket har bir mijozning e’tiborini jalb qiladi, kayfiyatini ko‘taradi va natijada brendga nisbatan sodiqligini oshiradi. Endi Saidovs brendi paketlarini xaridorlar axlatga tashlab yuborishmayapti, balki kundalik hayotlarida mamnuniyat bilan foydalanishyapti. Bu bilan brend tanilishiga bevosita hissa qo‘shishyapti.