Ichimlik mineral suvi uchun dizayn

Mahsulot asosan Toshkent shahri va umuman Oʼzbekiston hududi uchun ishlab chiqariladi. Bozorga yangi mahsulotning kirishi raqobatbardosh muhit yaralishiga sabab boʼladi.

Har doimgidek, bu safar ham ishni bozor tadqiqoti, marketing tahlillar bilan boshladik. Oʼrganishlar natijasida mijozga umumiy kontseptsiya taqdim etdik.

Suv mahsulotining nomi ham, qadogʼi ham tozalik, soflikni ifodalab turishi muhim edi. Shu bois biz yangi suv brendi uchun «Temiz» nomini taklif etdik. Bu soʼz turk tilida «tozalik», «soflik», «poklik» kabi maʼnolarni anglatadi. Bu nom mahsulotning mohiyatini mijozga yaxshi yetkazadi.

Navbat idish modelini ishlashga keldi — 20 l hajmdagi original tara modeli ishlab chiqildi. Bunda jahon tajribasi asos qilib olindi.

Logotipsiz rivojlanishning imkoni yoʼq, shu bois biz unga ham alohida eʼtibor berdik. Logotip matnli uslubda tayyorlandi va unda «temiz» nomi koʼrsatildi.

Suv mavzusi va logotip oʼrtasidagi aloqani «e» harfi misolida koʼrishimiz mumkin. Ushbu harf ichida suv, poklik va tozalik ramzi boʼlgan tomchi silueti mavjud.

Maʼlumki, inson salomatligi ichimlik suvining sifatiga bogʼliq. Toza chuchuk ichimlik suvi manbalari asosan togʼli hududlardir. Biz togʼlarni pattern elementi sifatida ham koʼrsatdik.

Yakunda koʼzga yoqimli, mos ranglardan foydalanilgan, estetik jihatdan jozibali qadoq va uning dizayni hosil boʼldi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode