Vazifa: gigiyenik paxta tayoqchalarining yangi brendi uchun neyming, logotip va dizayn upakovka ishlab chiqish. Ishni boshlashdan avval mahsulotni o‘zini o‘rganib, uning boshqa raqobatchilaridan afzal taraflarini ajratib oldik. Raqobatchilar berayotgan taklifni va mahsulotning asosiy xaridorlarini o‘rgandik. Bu ishlarni quyidagi tartibda amalga oshirdik: 1-bosqich –Tahlil — mahsulotning hozirgi o‘rni va uning boshqa raqobatchilaridan afzal taraflarini ajratib olish. 2-bosqich – Mahsulotning asosiy xaridorlari o‘rganish (xarid qilishga qanday faktorlar sabab bo‘lmoqda va ularni nima motivirovat qilmoqda). 3-bosqich – Vizual kommunikatsiya vazifasini shakllantirish uchun dizayn etiketkaga texnik vazifalar ishlab chiqish. O‘rganish davomida shuni aniqladikki, gigiyenik paxta tayoqchalari kundalik hayotimizda keng foydalaniladigan tozalik vositalari hisobladi. Asosiy iste’molchilari ayollar kosmetikada va yosh bolalar ozodaligi uchun ishlatilinar ekan. Bunday vositalarni taklif qiluvchilar esa bozorda ko‘p ekan. Ulardan ajralib turish uchun xaridor ongida oson yodda qoladigan nom va jalb qiladigan upakovka qilish kerak edi. Neyming uchun “wavio”so‘zi maqul topdik. Bu nomni paxta tolasining to‘lqinsimon shaklidan, ya’ni inglizcha «wave» co‘zidan kelib chiqib tanladik. Logotip sifatida nomning o‘zini asosiy SAga manzur tushadigan stilda ifodaladik. Upakovka dizayniga ham kreativ yondoshdik. Brend identligi sifatida asosiy mahsulot bo‘lgan paxtali tayoqchani kattalashtirgan xolatda ko‘rsatdik. Unga paxta o‘simligini barglari va novdalarining tasviri bilan bezak berdik. Shuningdek xaridorlari asosan ayollar ekanligidan kelib chiqib, yorqin va estetik ranglardan foydalangan holda mahsulotning foydali jihatlarini yoritib berdik. Natijada raqobatchilardan ajralib turadigan dizayn ishlab chiqdik. Baho berish Sizdan!