Zelish

Shokoladli biskvit uchun neyming va qadoq dizayni


Vazifa: bozor talablaridan kelib chiqqan holda yorqin nom va qadoq dizayni yaratish


Neyming: Zelish
Bozorni oʻrganish va isteʼmolchilar talablarini tahlil qilgandan soʻng brendni yorqin va diqqatni tortuvchi qahramon ismi bilan nomlash taklifini ilgari surdik. Qahramon oʻz nomi bilan ham, koʻrinishi va feʼl-atvori bilan ham albatta maqsadli auditoriyani ifodalashi zarur edi. Natijada «Zelish» nomini ilgari surdik.

«Zelish» — asli turkcha, ammo oʻzbek qizlarida ham uchraydigan ism boʻlib, baʼzi manbalarga koʻra, u Zulayho ismining erkalatib aytilgan shakli. Uning maʼnosi «kichkintoy qiz», «kenja qiz»dir. Odatda kenja qizlar erkatoy, shoʻx va quvnoq boʻladi.

Bundan tashqari, «Zelish» nomi Parij, zefir, малыш kabi soʻzlar bilan ohangdosh.

Bu nomni Intellektual mulk agentligi tekshiruvidan oʻtkazib, boʻsh ekanini aniqlaganimizdan soʻng mijozga taklif qildik.

Qahramon va qadoq dizayni:
Qandolat mahsulotlari sotuvida qadoq dizayni alohida ahamiyatga ega. Qadoq sotuv rastalarida qanchalik yorqin boʻlsa, u shunchalik boshqa qadoqlardan ajralib turadi va mahsulotni sotib olishlari ehtimoli oshadi.

Qadoqdagi yorqinlik brend pozitsiyasini ifoda etadi va raqobat bozorida yoʻq boʻlib ketishidan saqlaydi. Yorqinlikni ifodalashda oʻziga xos qahramon — yoqimtoy oʻzbek qizalogʻi illyustratsiyasidan foydalandik. Jiloli qadoq esa yorqin ranglarni yanada ochib beradi. Bundan tashqari, qadoqni turli ranglardagi variatsiyalarda taqdim etdik.

Next Project

Back To Top
Theme Mode