Biznes mijozlarsiz ishlolmaydi, shuning uchun, har kuni sizdan xizmat yoki tovar sotib oladigan, “o‘zingizni” odamlaringizni tez va oson aniqlab olishingiz, biznesingiz uchun juda muhim omil.
“O‘zingizni” odamlaringiz bu sizning maqsadli auditoriyangiz. MA ni aniqlash uchun bir nechta aniq savol berib, portret, ya’ni, biznesdan xarid qilishga tayyor bo‘lgan insonlarning umumiy ko‘rinishini yaratib olishingiz kerak.VA U NIMA
Masalan, Evos’ning MA — Anvar aka, u 35 yoshda, oyda bir necha marta oilasi bilan aylangani chiqadi, shunda ularni eng yaqindagi Evos’ga ovqatlanishga olib boradi.
Yoki Yandeks.Taksi auditoriyasi — Rustam, u 27 yoshda, shahar markazidagi xususiy kompaniya ofisida ishlaydi, o‘zi Parkentda, ijaraga olingan kvartirada yashaydi.
Bu auditoriyalarning har biri mahsulotdan qandaydir qiymat topadi — Anvar aka oilasini mazali, biroz bayramona ham qimmat bo‘lmagan joyda ovqatlantirishni xohlaydi.
Rustam esa har kuni ofisga yetib borgunicha ko‘chadagi taksichilarga manzilni tushuntirib o‘tirmasdan, qulayliklar bilan ishga yetib olishni xohlaydi va buning uchun 3-5 ming so‘m qimmatroq to‘lashga rozi.
MA QANDAY ANIQLASH MUMKIN VA U NIMA UCHUN KERAK?
O‘ylab ko‘ring, siz odamlarga qanday qiymat bera olasiz? Aynan qanday odamlarga?
Hozir bir necha daqiqa vaqtingizni mijozingiz portretini shakllantirishga qarating — u qachon uyg‘onadi, kim bo‘lib ishlaydi, necha yoshda, qancha pul topadi, qayerda nima bilan ovqatlanadi, oilasi bormi va qanday qiziqishlar bilan yashaydi.
Bu savollarga javob berish orqali siz auditoriyangizga chuqurroq sho‘ng‘ib olasiz, unga kommunikatsiyada qayerda, qanday va nima deyishni aniqroq bilib olasiz.