Endi Eronga vizasiz borish mumkin

Eron o‘zbeksitonliklar va yana 31 ta davlat fuqarolari uchun viza rejimini bekor qildi.

Mamlakat butun dunyoga o‘z eshiklarini ochmoqchi ekani ta’kidlamoqda. Bu albatta turizm sohasida rivojlanishning yangi bosqichi boshlanishini bildiradi, ammo yangi biznes imkoniyatlar ham ochilishi kutilmoqda.

Eron bilan qaysi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish mumkin?

Turizm va mehmonxona biznesi Viza rejimi bekor qilingani bois turistik agentliklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Eronda turizm bozoriga kirib borish, mehmonxona va restoran biznesini tashkillashtirish mumkin.

Tekstil sohasi Eron o‘zining tekstil sohasi bilan mashhur — haqiqiy Eron gilamlari, parda va matolar, kiyim-kechak savdosini yo‘lga qo‘yish mumkin.

Qurilish materiallari Keramik plita, marmar, granit va yana bir qancha pardoz materiallari ishlab chiqarish borasida Eron yaxshi natijalarga erishgan. O‘zbekistonda ham qurilish sohasi jadal rivojlanib bormoqda, shu bois yangi va sifatli mahsulotlar bozorda talabga ega bo‘ladi.

Tibbiyot sohasi Tibbiy uskunalar, dori-darmonlar (farmatsevtika) yo‘nalishida biznes-hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ham xususiy klinika yo‘nalishida ijobiy natija berishi mumkin.

Oziq-ovqat sanoati Eron 100 dan ortiq mamlakatga qandolat va shokolad mahsulotlarini eksport qiladi. U halol oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotchisi sifatida ham tanilgan.

Ekspertlar taxminlariga ko‘ra, Eronda biznes hamkorlik uchun ijobiy muhit yaratilayotgani bois yaqin yillarda eng muhim sohalar raqobatchilar tomonidan band qilinadi. Shunday ekan, tadbirkorlarda bu mamlakat bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati bor. Ammo bunda xalqaro valyuta va savdo qonunchiligi me’yorlariga rioya qilish, ba’zi cheklovlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back To Top
Theme Mode