Brendlar har kuni o‘zaro bellashishadi — asosan bu bellashuv do‘konlar rastalarida emas, iste’molchilarning xayollarida bo‘lib o‘tadi.
Agar biz “smartfon” desak, xayolingizga qaysi kompaniya keladi? “Kir yuvish kukuni” desak-chi? “Kartoshak chipslari” deganimizda-chi?
Fikrimizcha, smartfon deganda xayolingizga birinchi bo‘lib Apple, Samsung yoki Xiaomi brendlari keladi — chunki ular bozorimizda top-of-mind brendlari hisoblanishadi.
Top-of-mind — bu 50% iste’molchilar kategoriya nomini eshitgani zahoti eslay oladigan brend hisoblanadi.
Top-of-mind bo‘lish uchun aydentika, kommunikatsiya, auditoriya ko‘z oldida bo‘lish kabi maqsadlarga ko‘p resurs tikish kerak — sizni mijozlar rastalarda ko‘rishlari, tashqi reklama bannerlarida payqab turishlari, digital’da ko‘rib turishlari va shu vaqtning o‘zida neymingingiz hamda firma uslubingizni oson eslab qolishlari shart.
Brendni tanib olish asta-sekin brendga bo‘lgan sodiqlikka yetaklaydi — bunday sodiqlik brendning o‘ziga, yoki uning ma’lum bir mahsulotiga nisbatan shakllanishi mumkin. Bu sodiqlik qandaydir muhabbat tufayli yuzaga kelmaydi, axir insonlar kamdan-kam hollarda brendni sevishadi. Asosan bu sodiqlik o‘rganib qolish, ko‘nikish bilan bog‘liq — brendni rastada ko‘ramiz, uni taniymiz, oldin brend bilan bo‘lgan tajribamizni eslaymiz, va yana uni xarid qilamiz.
Sodiqlik agentlik va biznes tomonidan birgalikda shakllanadi: agentlik aydentika, neyming, kommunikatsiya va brending shakllantirib turgan bir paytda, biznes mahsulot sifatini, malakali distribyutsiyani va kengayish kabi omillarni ta’minlab turadi