araabella

                                                                                                                          Arabella

Arabella – an’anaviy oʻzbek tantanalari uchun yaratilgan mevali ichimlik boʻlib, unga xuddi shunday toʻybop aydentika kerak edi.

Mahsulotning asosiy maqsadli auditoriyasi Oʻzbekiston viloyatlarida joylashgan, dizayn ishlab chiqish jarayonida biz bu omilni ham inobatga olib ishlaganmiz.

Mahsulot uchun eng mukammal nom sifatida biz Arabella neymingini tanladik. U tarjimada “Arab goʻzali” ma’nosini anglatadi.

Ushbu neymingdan kelib chiqib mahsulotning umumiy stilistikasini ham tanladik — sharqona yondashuv aydentikaning barcha elementlarida namoyon etilgan: tipografiyadan tortib, har bir ichimlikdagi mevalar belgilarigacha.

Neymingning vizual koʻrinishi ham tipografika bilan chambarchas bogʻliq, chunki uni yaratish davomida biz arab kalligrafiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yuzlanganmiz.

Barcha vizual instrumentlar birgalikda mahsulotning haqiqiy premial koʻrinishini va bayramlarga mos tus olishini ta’minladi.

Buning natijasida qadoq yaqqol oʻziga e’tibor tortadigan va mahsulotni totib koʻrishga undaydigan boʻlib chiqdi.

Kerakli ta’mlarni izlash ham osonlashtirildi, chunki har bir ichimlik turiga unga mos rang ham tanlab olindi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode