Bon Slon

Choʻpli konfetalar ishlab chiqarish kompaniyasi uchun neyming


Vazifa: Chupa Chups kabi esda qolarli nom yaratish.


Topilgan nom: Bon Slon

Lingvistik tahlil:
“Bon” soʻzi fransuz tilida yaxshi, ajoyib, aʼlo, yoqimli degan maʼnolarni anglatadi va koʻpgina brend nomlari tarkibida shu soʻz uchraydi, ayniqsa fransuzcha oshxonalar, pishiriqlar, shirinliklar nomlarida.

Nomning ikkinchi qismi — “Slon” soʻzi rus tilidagi fil maʼnosini anglatuvchi “slon” soʻzining ayni transliteratsiyasi.

Nomga izoh:
Bu nom ustida ishlagan kopirayterlarimiz alliteratsiya uslubidan foydalanishdi. Neyming sohasida alliteratsiya — bu bitta yoki bir nechta tovushlarning takrorlanishi orqali talaffuzda qofiya, ritm hosil qilish. Bunday nomlar oson esda qoladi va insonda ijobiy hissiyotlar uygʻotadi. TikTok, Chupa Chups, M&Mʻs, Coca Cola kabi nomlar ham alliteratsiya uslubi bilan hosil qilingan.

“Slon” — fil esa ushbu choʻpli konfeta brendining asosiy qahramoni sifatida taqdim etildi. Demak, Bon Slon — bu bolalar nigohida choʻpli konfetani xartumi bilan ushlab yeydigan yoqitmoy filcha.

Next Project

Back To Top
Theme Mode