Mana benzin

Benzin yetkazish xizmati uchun neyming


Vazifa: Benzin yetkazish xizmati uchun bir koʻrganda xizmat haqida tasavvur hosil qiladigan, oʻzi haqida maʼlumot beradigan nom topish.


Topilgan nom: Mana benzin

Nomga izoh: Maʼlumki, sayyor yoqilgʻi xizmati maxsus avtomobil yordamida amalga oshiriladi. Avtomobil bir vaqtning oʻzida reklama vazifasini ham oʻtashi kerak. Shu bois bizning oldimizda bir oʻqilganda xizmat haqida tasavvur uygʻotadigan, oson esda qoladigan nom topish vazifasi turgandi.

Mijoz uchun bir qancha variantlar ishlab chiqdik, ammo hech bir xorijiy toʻqima nom oldimizga qoʻyilgan vazifani oʻzbek tilidagidek ifodalab berolmasligini tushundik. Shu bois oʻzbek tilining soʻzlashuv uslubidagi sodda va tushunarli jumladan foydalanishga qaror qildik. Bu ayni “Mana benzin” nomi boʻldi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode