Vitamin va minerallar organizmning asosiy tizim va organlarining normal ishlashini ta’minlash uchun zarurdir. Аmmo oziq-ovqatlar orqali ular yetarlicha qabul qilinmasa, ularning yetishmovchiligi yuzaga kelib, kasal boʻlish ehtimoli ortadi.

Vitamin va minerallarni xalqqa yetkazishda faol ishtirok etib kelayotgan Numa Nutrimakondan (Kalsiy+Vitamin D3) bolalar uchun moʻljallangan preparatga buyurtma tushdi. Mahsulot kimyoviy qoʻshimcha va boʻyoqlardan holi, jigar uchun zararsiz qilib tayyorlangan.

Produktni va uning instruktsiyasini oʻrganib chiqib, preparat bolaning toʻgʻri oʻsishida koʻmaklashishini aniqlab oldik.

Neymingda Bone (suyak) soʻzidan kelib chiqib, Bonny nomini taqdimotini oʻtkazdik. Bunday nom bolalar va mahsulot oʻrtasida yaxshi koʻprik vazifasini oʻtaydi. Shuningdek, bu qisqa nom boʻlib, ota-onalarning oson eslab qolishiga yordam beradi. Nafaqat, qisqa balki qanday yozilsa, shunday oʻqiladi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode