Crazy Flip

Hazil hazil bilan-u, lekin bizda bugun haqiqatan ham jinnisi. Crazy, ya’ni telbalarcha, devonalarcha ko‘rinishga ega Flip nomli sho‘x qahramonimiz o‘zining muzli orolchasida yashaydi.

Uning erkin, qiziquvchan va serg‘ayrat tabiati mazali muzqaymoqlar ishlab chiqarib, do‘stlariga va bolakaylarga ulashishga undaydi. Crazy Flip muzqaymog‘ini tatib ko‘rganlar esa unga hamisha oshno bo‘lishadi 🤪

Xullas, qahramon obrazini ishlab chiqishda Angry Birds o‘yinidan ilhomlandik. Mahsulot dizayni ham nomga mos uslubga ishlandi — yorqin va kontrast ranglar, bolalarga yoqadigan va ko‘zga tashlanadigan multfilm stilistikasi. Yozuvlarni yirik, o‘qishga oson qilib ko‘rsatdik.

Next Project

Back To Top
Theme Mode