vita boom

Har qanday marketing faoliyatining asosiy maqsadi iste’molchilarining uzoq davom etadigan sodiqligi va moyilligiga erishish sanaladi. Mahsulot zo‘r bo‘lsa-yu, lekin uning tashqi ko‘rinishi o‘ziga torta olmasa, bu yangi mijozlar jalb qilinmasligiga va eskilarining ham ushlab qolinmasligiga sabab bo‘ladi.

Shu bois biz hamisha ko‘zga tashlanuvchi, oson esda qoluvchi va o‘ziga tortuvchi qadoq dizaynlarini ishlab chiqishga e’tiborimizni qaratamiz.

Bu safar ham xuddi shunday bo‘ldi. Vita Boom brendiga quruq mevalar liniyasi uchun yagona stilistikada qadoq dizaynini taqdim etdik.

Iste’molchilar mahsulot haqida uning qadog‘i va rasmlariga qarab xulosa qiladi. Agar haqiqiy mahsulot iste’molchi kutganidek chiqmasa, bu mahsulot va brendga nisbatan ishonch yo‘qolishiga olib keladi. Shu bois biz mahsulotlarning haqiqiy holatini professional tarzda suratga olib, ularni aslicha qadoqda aks ettirdik.

Bizningcha, bu loyihada ham e’tiborni tortuvchi, ham yoqimli, ham informativ qadoq dizaynini yarata oldik.

vita boom
vita boom
vita boom
vita boom
vita boom

Next Project

Back To Top
Theme Mode