Qoʼshni davlat bilan hamkorlik

Navbatdagi buyurtmachi — Pokiza brendi, Tojikiston ichki bozorining top 3 talikka kiruvchi kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi.

Biz uchta yoʼnalish: yarimdudlangan, qaynatilgan kolbasalar va sosiskalar yoʼnalishidagi jami 26 ta mahsulot turi uchun qadoq dizayni ishlab chiqdik.

Har bir mahsulot liniyasi uchun alohida yondashuv bilan ishladik, fon va brendning aydentikasi sifatida Tojikistonning eʼtiborga loyiq maskanlari aks ettirilgan unikal tasvir yaratdik.

Kolbasa mahsulotlari kesib sotilganda etiketka yopishtirilgan qismi ketib, yozuvsiz qismi qolishi mumkin. Bu holatda sotuvchilar kolbasa qaysi brendga tegishli ekanini bilolmay qolishi muammosi vujudga kelishi mumkin. Biz qadoq boʼylab uzunasiga brend aydentikasi va nomini joylashtirib chiqdik va shu bilan bu muammoga yechim berdik.

Mahsulot tarkibi borasida istʼemolchilarda qulaylik boʼlishi uchun har bir qadoqqa tegishli chorva mollari tasvirini tushirdik.

Yangi ishlab chiqilgan qadoqlar brend uchun bozordan yanada mustahkam oʼrin egallashga imkon beradi.

Next Project

BBA

Back To Top
Theme Mode