sirius

Sirius tibbiyot markazi uchun logotip

Logotip ishlab chiqishda har doimgidek ishni o‘rganishlar, tadqiqotlar, tahlillardan boshladik. Tibbiyot markazi nomi Sirius bo‘lgani sababini aniqladik.

Sirius — bu bizga ko‘rinib turuvchi yulduzlar ichida eng yorqini hisoblanadi. Bu yulduz qadimdan ko‘plab xalqlar uchun ezgulik timsoli bo‘lib kelgan. Shifo izlab kelgan insonlar uchun esa Sirius tibbiyot markazi najot ramzi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois bizda logotip uchun birinchi taklifimiz yulduz shaklini ifodalash bo‘ldi.

Yulduz belgisi biz uchun notanish emas:
— davlatimiz ramzlari bo‘lmish bayroq va gerbimizda ham yulduzlar aks etgan;
— Leonardo da Vinchining ideal inson proporsiyasi tasvirlangan asarida yulduz shakliga ishora bor. Sog‘lom inson g‘oyasi tibbiyot markazi uchun ayni mos keladi;
— yulduzning besh qirrasi tibbiyot markazining beshta asosiy maqsadini ifodalaydi:
1. Yuqori malaka va tajriba
2. Zamonaviy uskuna va texnologiyalar
3. Xizmatlarning hammabopligi
4. Individual yondashuv
5. Innovatsion uslublar

Logotip oddiygina yulduz shaklidan iborat bo‘lmasligi uchun biz uni yana tibbiyot mavzusi bilan boyitdik. Bunda AQSH va ko‘plab Yevropa mamlakatlarida «Hayot yulduzi» deb nomlanuvchi tezkor tibbiy yordam belgisidan ilhomlandik.

Natijada bir qarashdan oddiy, ammo o‘zida ko‘plab g‘oyalarni mujassam etgan logotip hosil bo‘ldi. Layklarni ayamaymiz!

Next Project

ON

Back To Top
Theme Mode