Tabiall

Turkestan SU ishlab chiqaruvchilari uchun

 

T-SU brendining Abu Ali ibn Sino retseptiga ko‘ra tayyorlangan giyohli choy to‘plami uchun qadoq dizayni va neyming.

Mijoz talabiga ko‘ra, yangi mahsulot uchun neyming, yorqin va premium qadoq dizayni yaratish kerak edi.

Insonlar salomatligi uchun hamisha tabiiy va foydali mahsulotlardan foydalanish — brend qadriyatlaridan biri. Nom topishda ayni mana shu jihatga e’tibor berib, «Tabiall» nomini tanladik.

Nom o‘zbek tilidagi «tabiat» va ingliz tilida «barchasi», «hammasi» degan ma’nolarni anglatuvchi «all» so‘zlari qo‘shilmasidan hosil bo‘lgan. Bu bilan kompaniyaning barcha mahsulotlari to‘laqonli tabiiy o‘simlik va giyohlardan tarkib topishiga ishora qildik.

Qadoq dizaynini ishlab chiqishda ham ayni mana shu qadriyatni asos qilib oldik: turli xil choy va giyohlar barglaridan tashkil topgan bezakni mahsulot etiketkasida ham, to‘plam qutisida ham aks ettirdik.

Mahsulot uchun brendning asosiy rangi bo‘lgan yorqin ko‘k rangdan foydalandik, bu brendga eksklyuzivlik va dorivorlik hissini beradi; yozuvlarda esa hashamatli tillarang saqlanib qoldi.

Choy tarkibi, formulasi va retseptiga alohida urg‘u berishimiz ham muhim edi, shu sababli mahsulotning ko‘rinishi, tarkibi va afzalliklarini qutining ichki tarafida tasvirladik.

Undan tashqari, choylar tabletka shaklida bo‘lgani uchun ular uchun maxsus silindrsimon quti ishlab chiqdik. Bunday yechim tabletkalarni qulay saqlash va ixcham joylashishtirish imkonini berdi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode