Tabiall

BFQ mahsulotlarini taqdim etuvchi kompaniya uchun neyming


Vazifa: kompaniyaning oʻziga xosligidan kelib chiqib nom tanlash


Topilgan nom: Tabiall

Lingvistik tahlil:
Nom oʻzbek tilidagi “tabiat” va ingliz tilida “barchasi”, “hammasi” degan maʼnolarni anglatuvchi “all” soʻzlari qoʻshilmasidan hosil boʻldi.

Nomga izoh:
Ushbu kompaniya biologik faol qoʻshimchalar (BFQ) ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanadi. BFQ inson organizmi uchun foydali tabiiy moddalarni oʻz ichiga oladi va kasallikning oldini olish uchun, kasallik paytida yoki kasallikdan soʻng organizmni tiklash uchun isteʼmol qilinadi. Tarkibiga koʻra dori vositasi boʻlmasa-da, tana aʼzolari faoliyatini yaxshilash va salomatlikni tiklash xususiyatiga ega boʻladi.

Shularni inobatga olib, kompaniyaning barcha mahsulotlari toʻlaqonli tabiiy mahsulotlardan — dorivor oʻsimliklar va giyohlardan tayyorlanishiga ishora qilgan holda Tabiall nomini tanladik.

Bu nom mijozga maʼqul keldi va shu tariqa portfoliomiz yana bitta loyihaga boyidi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode