Vazifa: Brendga nom topish, logotip qilish va raqobatbardosh dizayn tayyorlash.

Yechim: Bolajonlarimizning bogʼchaga borishiga koʼndirish aksariyat hollarda qiyinchilik bilan yechim topadi. Bu esa ota-onalarning vaqtida ishga yetib bora olmasligiga sabab boʼladi.
«Yello» suxariklarining dizayini yaratilishida aynan shu segment muammosini hal qilishga fokus qaratildi.
«Yello»ning asosiy vazifasi ovitish, koʼngliga yoʼl topish va quvontirish (qorin toʼygʼizish emas) boʼlganligi sababli, «pora»larimizni miqdorini kichraytirib, 25 gr.li hamyon koʼtaradigan narxlarda boʼlishini taʼminlashni tavsiya berdik.
«Yello» brend nomida toʼxtalishimizga sabab, kelajakdagi maxsulotlarimiz chisp, suxarik kabilar boʼlganligi sababli, ularning umumlashtiradigan sifatlardan biri bu sariq rang. Undan tashqari yellow oson talaffuz etilishi, barchaga tanish nom boʼlganligi sababli oson xotirada saqlanadi. Bu esa qayta xaridni amalga oshirishda juda muhim. Yello brendi isteʼmolchisi bilan birinchi munosabat (kontakt)ga kirishi uchun «Hello Yello» slogani foydalandik.
Dizaynda bolajonlarni ovitishga qaratilgan tishlongʼich personajlardan foydalanish orqali oʼziga xos ranbaranglik va xarakter berdik.

Next Project

Back To Top
Theme Mode