Brendbook Ishlab Chiqarish

Brendbook Ishlab Chiqarish

Agar biznesning brendi bo‘lsa, bu brendni samarali ishlatish uchun ma’lum qonun-qoidalarga bo‘ysunish shart. 

Bunday qoidalar odatda brendbuk nomli maxsus hujjatga to‘planadi. Bu hujjatda kompaniya logotipini qanday ishlatish kerakligi, qanaqa ranglardan foydalanish mumkinligi va shu ranglarni o‘zaro qo‘shib ishlatish qoidalari yozilgan bo‘ladi.

Brendbukda firma shrifti, matn bilan ishlash qoidalari, qo‘llash mumkin bo‘lgan grafik elementlar: belgilar, teksturalar va shu kabilar ham yoritiladi. 

Aniqlik uchun hujjatda aydentikadan xato foydalanish misollari ham ko‘rsatiladi — shunday kompaniya dizaynerlari o‘z ishlarida eng qo‘pol xatolardan himoyalangan bo‘lishadi.

Murakkabroq ishlangan brendbuklar kompaniya kommunikatsiyasini ham tartibga soladi — kompaniya mijoz bilan qanday aloqa qilishi kerak, kompaniyaning ovozi qanday, qaysi tillar ishlatiladi va hokazolar aniqlashtirib beriladi.

Brendbuk o‘sib borayotgan, kengayayotgan kompaniyalar uchun ayniqsa muhim — Evos Toshkentda ham, Olmotada ham yashil va zamonaviy ko‘rinadi, Asaka Bank esa O‘zbekistonning barcha nuqtalarida qizil ko‘rinadi.

Brendbuk bilan sizning kommunikatsiyangiz tushunarli va mantiqan to‘g‘ri bo‘lishini kafolatlay olasiz

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back To Top
Theme Mode