AquaDiamond Moxito: Yangi tetiklantiruvchi ichimlik uchun qadoq dizayni

AquaDiamond Moxito: Yangi tetiklantiruvchi ichimlik uchun qadoq dizayni

AquaDiamond Moxito uchun jozibali va zamonaviy qadoq dizayni yaratildi. Mevalarning ishtahani ochuvchi 3D vizuallari va trenddagi anor ta’mi ishlatildi. Dizayn O‘zbekiston bozorida ilk haftalardanoq savdolar o‘sishiga sabab bo‘ldi.

 

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Aqua Diamond kompaniyasi bizga shunchaki oddiy ichimlikdan koʻproq narsa istashayotganini aytib murojaat qilishdi. Ularning gʻoyasi aniq edi: Moxito ichimligi dizayni jozibali boʻlishi, yangiligi va tabiiyligini aks ettirishi kerak, lekin shu bilan birga, ushbu mahsulotning anʼanaviy va hammaga tanish xususiyatlarini yoʻqotmasligi lozim edi.

2. Tadqiqot

Biz Moxito ichimliklar bozoriga chuqur kirib, raqobatchilarni oʻrgandik va isteʼmolchilarni jalb qiladigan kuchli tomonlarni aniqladik. Natijada yorqin va ishtahani ochadigan meva vizuallari nafaqat trendda, balki muvaffaqiyat kaliti ekanini aniqladik.

3. Yechim

Har bir qadoq elementlari eng kichik detallargacha alohida eʼtibor bilan ishlab chiqildi. Uch xil taʼm: 1) limon va qulupnay, 2) limon va yalpiz, 3) anor — har bir meva boʻlagi shunday ishtahaochar qilib ishlandiki, bir koʻrishdayoq mahsulotni tatib koʻrish istagini uygʻotadi. Muzlarni ham alohida yondashuv bilan render qildik: u sof kristallar kabi koʻrinib, salqinlik hissini kuchaytiradi. Anor dizayni qoʻshilishi ham bejiz emas: 2024-yilda anor taʼmiga ega ichimliklar trendga chiqdi. Aqua Diamond ham endi bu trenddan orqada qolmaydi.

Natija

2024-yil oxirida yangi Moxito mahsuloti Oʻzbekiston doʻkonlarida paydo boʻlib, darhol mashhurlik qozona boshladi. Xaridorlar yorqin dizaynini yuqori baholadilar, savdolar esa birinchi haftalardan boshlab oʻsishni boshladi.

Shunday qilib, dizayniga toʻgʻri yondashish nafaqat mahsulotga koʻrk beradi, balki uni bozorning muvaffaqiyatli ishtirokchisiga aylantirishga yordam beradi. Baʼzi mahsulotlarni doʻkon rastasidan olib tatib koʻrgingiz keladi. Moxito aynan shunday dizayndagi mahsulot boʻldi.