Bizning ishlarimiz

Bizning ihomlantiradigan, ishonchni mustahkamlaydigan va biznesni muvaffaqiyatli qiladigan yechimlarimiz bilan tanishib chiqing.

“YUMA GREEN” — tabiiy dori vositalari uchun brending va qadoq dizayni“YUMA GREEN” — tabiiy dori vositalari uchun brending va qadoq dizayni“YUMA GREEN” — tabiiy dori vositalari uchun brending va qadoq dizayni

“YUMA GREEN” — tabiiy dori vositalari uchun brending va qadoq dizayni

Farmatsevtikadagi “sovuq” standartlarni buzib, mahsulot vazifasini vizual orqali aniq tushuntiruvchi dizayn yechimi.

  • Qadoq dizayni
  • Logotip
Melty — vafli lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayniMelty — vafli lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayniMelty — vafli lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayniMelty — vafli lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni

Melty — vafli lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni

Eng yaxshi do‘st — sinovdan o‘tgan eski do‘st, deganlaridek, doimiy mijozimiz A’loxon aka va “Lindo” korxonasi navbatdagi yirik loyihani ham bizga ishonib topshirishdi.

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
  • Logotip
Garnet — yagona dizayn tizimiGarnet — yagona dizayn tizimiGarnet — yagona dizayn tizimi

Garnet — yagona dizayn tizimi

So‘nggi paytlarda “O‘rikzordan odam qochyapti, optom bozorlar o‘lyapti” degan gaplarni ko‘p eshityapmiz. Gap shundaki, xaridor onlaynga (Uzum va boshqa marketpleyslarga) o‘tib ketyapti. Oflayn bozorning siqilib borayotganini vaqtida payqagan tadbirkorlar esa allaqachon yangi to‘lqinga moslashib ulgurishdi. Ana shunday uzoqni ko‘ra bilgan mijozlarimizdan biri — Garnet brendi.

  • Qadoq dizayni
  • Logotip
Onega — Belarus brendi uchun kungaboqar pistasi qadogʻi dizayni adaptatsiyasiOnega — Belarus brendi uchun kungaboqar pistasi qadogʻi dizayni adaptatsiyasiOnega — Belarus brendi uchun kungaboqar pistasi qadogʻi dizayni adaptatsiyasi

Onega — Belarus brendi uchun kungaboqar pistasi qadogʻi dizayni adaptatsiyasi

Belarusning “Onega” brendini ko‘pchilik polkalardagi chipslari orqali yaxshi taniydi. Ular bizga yangi mahsulot — pista qadog‘i dizaynini ishonib topshirishdi. Lekin bitta shart bilan: chipslardagi korporativ uslub (фирменный стиль)dan bir chetga chiqmaslik kerak edi.

  • Qadoq dizayni
Power Horse — Avstriya energetik ichimligi uchun sovutgichni brendlash

Power Horse — Avstriya energetik ichimligi uchun sovutgichni brendlash

Avval qilgan ishlarimiz orasida ancha qiziq va yirik loyihalar bor. Shulardan biri — “Power Horse” brendi uchun yaratgan dizaynimiz.

  • Qadoq dizayni
“Candy Gold” — Nillo kekslari uchun TEZKOR QADOQ DIZAYNI

“Candy Gold” — Nillo kekslari uchun TEZKOR QADOQ DIZAYNI

Biznesda shunday qulay vaziyatlar tug‘iladiki, paydo bo‘lgan imkoniyatni ushlab qolish uchun ba’zan tezkor qaror qabul qilish kerak bo‘ladi. Bundan bir necha yil avval ma’lum geosiyosiy vaziyatlar sabab xorijdan keladigan ayrim qandolat mahsulotlarining importi to‘xtab qoldi. Bozorda ochiq maydon paydo bo‘ldi. Bunday paytda yoki darhol harakat qilib polkalarni egallash yoki boshqalarning savdosi qiziganini chetdan tomosha qilib o‘tirish mumkin. “Candy Gold” tomoshabin bo‘lishni istamadi. Ular o‘zlarining shokoladli, malinali va bananli Nillo kekslari bilan shu bo‘shliqni tezkorlik bilan to‘ldirishga qaror qilishdi.

  • Qadoq dizayni
Sitorai Mohi Xosa — mineral suv qadoqlash dizayniSitorai Mohi Xosa — mineral suv qadoqlash dizayniSitorai Mohi Xosa — mineral suv qadoqlash dizayniSitorai Mohi Xosa — mineral suv qadoqlash dizayni

Sitorai Mohi Xosa — mineral suv qadoqlash dizayni

«Sitorai Mohi Xosa» — tojik tilidan tarjima qilinganda «oy yonidagi noyob yulduz» degan ma’noni anglatadi. Bu, shuningdek, Buxorodagi mashhur saroy majmuasining nomi. Buxoroda paydo bo‘lgan tabiiy mineral suv 1150 metr chuqurlikdagi manbadan olinadi va tarkibida 38 xil mineral mavjud. Brendning pozitsiyalanishi — oddiy muzlatgich rastasi emas, balki nufuzli dasturxon : biznes muzokaralari, rasmiy qabullar va to‘y dasturxonlari.

  • Qadoq dizayni
“Talkan” — to‘g‘ri ovqatlanish (PP) ixlosmandlariga guruchli yorma uchun qadoq dizayni“Talkan” — to‘g‘ri ovqatlanish (PP) ixlosmandlariga guruchli yorma uchun qadoq dizayni“Talkan” — to‘g‘ri ovqatlanish (PP) ixlosmandlariga guruchli yorma uchun qadoq dizayni

“Talkan” — to‘g‘ri ovqatlanish (PP) ixlosmandlariga guruchli yorma uchun qadoq dizayni

“Sog‘lom tanda — sog‘lom aql” deb bejiz aytishmagan. Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzi shunchaki vaqtinchalik urf emas, kundalik ehtiyojga aylanib ulgurdi. Zalga chiqib temir ko‘taradigan, har bir kaloriyasini erinmay hisoblaydigan fitnes ixlosmandlari safi tobora kengayib boryapti. Aynan mana shunday o‘ziga e’tibor beradigan, sport bilan oshno bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan “Talkan” mahsuloti ishlab chiqaruvchilari agentligimiz eshigini o‘ziga xos vazifa bilan qoqib kelishdi. Maqsad katta — mahsulot ham Arab mamlakatlari, ham o‘zimizning ichki bozor polkalarida sotilishi kerak.

  • Qadoq dizayni
Dobro Dobrom — Moxito ichimligi uchun qadoq dizayniDobro Dobrom — Moxito ichimligi uchun qadoq dizayniDobro Dobrom — Moxito ichimligi uchun qadoq dizayni

Dobro Dobrom — Moxito ichimligi uchun qadoq dizayni

“Dobro Dobrom” brendi bilan oldin ham katta loyihalarda — sharbatlar va “ Yessentuki ” suvlari qadog‘i ustida ishlaganmiz. Bu safar ular yangi Moxito ichimligi bilan kelishdi. Bozorda chaqmoq va olovlar bilan bezatilgan, go‘yoki odamga qanot bag‘ishlaydigan agressiv energetiklar polkalarni egallab olgan bir paytda, bu yaxna ichimlikni xaridorga qanday taqdim etsa, to‘g‘ri bo‘ladi?

  • Qadoq dizayni
Exclusive Harvis — sovg‘abop choylar uchun qadoq dizayniExclusive Harvis — sovg‘abop choylar uchun qadoq dizayniExclusive Harvis — sovg‘abop choylar uchun qadoq dizayniExclusive Harvis — sovg‘abop choylar uchun qadoq dizayniExclusive Harvis — sovg‘abop choylar uchun qadoq dizayni

Exclusive Harvis — sovg‘abop choylar uchun qadoq dizayni

“Mehmonga quruq qo‘l bilan borib bo‘lmaydi” deydi mehmondo‘st xalqimiz. Lekin bayramlarda ba’zida shunday sovg‘alarga ko‘zimiz tushadiki, odam uni ochib ko‘rmay, keyingi to‘yda boshqa birovga uzatib yuborgisi keladi. Har bir ishlab chiqaruvchi o‘z choyi shunday qadrli tuhfa bo‘lishini, dasturxonning to‘rida, eng aziz insonlar uchun damlanadigan haqiqiy sovg‘a bo‘lishini orzu qiladi. Aynan shu ezgu niyat bilan “Exclusive” brendi “Harvis” nomli premium va sovg‘abop choylar liniyasiga qadoq dizayni yaratish uchun agentligimizga murojaat qildi.

  • Qadoq dizayni