RenitMaks — burun uchun sprey qadoq dizayni

RenitMaks — burun uchun sprey qadoq dizayni

RenitMaks burunspreyi uchun qadoq dizayni ishlab chiqildi. To‘yingan tibbiy ko‘k rang, evkalipt barglari (tabiiy ta’sir) va vertikal tipografika dorixona rastalari uchun zamonaviy, professional uslub va aniq vizual arxitektura yaratadi. 

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Burun spreylari bozoridan ba’zi o‘yinchilar chiqib ketganidan so‘ng dorixonalarda bu kategoriyada tanqislik paydo bo‘ldi. Mijozimiz ochiq qolgan nishani qisman yopish uchun yangi Renitmaks brendiga qadoq dizayni ishlab chiqish vazifasi bilan bizga murojaat qildi.

Loyihaning asosiy maqsadi — shifokorlar ham, xaridorlar ham ishonadigan preparat dizaynini ishlab chiqish, uni zamonaviy, tushunarli va professional ko‘rinishga keltirish.

2. Tadqiqot

Burunga sepish uchun mo‘ljallangan spreylar bozori shakllanib bo‘lgan: qadoqlar ixcham, toza, jiddiy — odatiy tibbiyot vizual tilida. Ammo taniqli brendlarning ketishidan so‘ng xaridorlar o‘sha ishonchli va samarali mahsulotlardan qolishmaydigan yangi yechimlar izlashni boshlashdi.

Biz dorixona polkalarini o‘rganib chiqib, turli xil dizayndagi qadoqlar borligiga guvoh bo‘ldik. Bunday sharoitda yorqin dizaynlar emas, tizimli va to‘g‘ri ishlangan dizaynlar, ya’ni tushunarli, o‘qilishi oson, vizual mantiqli va assortiment turini farqlash oson bo‘lgan qadoqlar yutib chiqadi.

Aynan shu bois bizning asosiy vazifamiz “yana bitta chiroyli qadoq” ishlab chiqish emas, balki har bir detali qabul qilishni osonlashtiradigan va to‘g‘ri tasavvur uyg‘otadigan aniq vizual arxitekturasini shakllantirish bo‘ldi.

3. Yechim

Yangi Renitmaks mahsuloti dizayni tozalik, tartib va zamonaviy tibbiyot uslubini o‘zida mujassam etdi. Unda vizual yengillik, ishonch va tanlashda osonlik yechimlari jamlandi.

  • Asosiy rang — tibbiyotga xos to‘yingan ko‘k rang, u havo, nafas olish va yengillikni ifodalaydi.
  • Bolalar uchun mo‘ljallangan turi — Renitmaks Kids'ga mayin pushti va och ko‘k tuslar qo‘shildi, bu bilan g‘amxo‘rlik, xavfsizlik va mehr hissi ifoda etildi.
  • Kompozitsiya markazida — evkalipt barglariga burkangan sprey flakoni. U mahsulotning mayin tabiiy ta’siri va nafas olishdagi yengillik hisini bildiradi.
  • Vertikal joylashgan tipografika brendning professional xarakterini ifodalaydi va mahsulot nomi dorixona polkasida oson o‘qilishini ta’minlaydi.
  • Barcha elementlar “less, but clear” tamoyili asosida birlashgan, ya’ni imkon qadar kamroq vizual shovqin, ko‘proq ma’no va tozalik.

Natija

Renitmaks bo‘sh qolgan nishani tezgina to‘ldira oldi va farmatsevtikaga oid dizayn bir vaqtning o‘zida ham professional, ham insonlarga yaqin bo‘lishining yaqqol misoli bo‘ldi. Qadoqning aniq strukturasi sotuvchilarning ishini yengillashtirdi va xaridorlar uchun tanlash imkonini osonlashtirdi.

Brend dorixona tarmoqlarida muayyan taniqlilikka erishdi hamda zamonaviy, ishonchli va shaffof mahsulot sifatida mustahkam taasurot hosil qildi.