Dori vositasi uchun nom qanday topiladi

Dorilar — deyarli har bir inson uchun juda muhim xarid bo‘lib, har bir preparat o‘zini bir nechta o‘ziga xos xususiyatlariga ega, u turli murakkab elementlardan tashkil topadi va bu elementlarning har birini qiyin, ilmiy nomi bo‘ladi.

 

Bozorda o‘z o‘rnini egallab, boshqa dorilar orasida ko‘rimsiz bo‘lib qolmaslik uchun preparatni o‘zini tijorat nomi bo‘lishi kerak — qandaydir odamlarga tushunarli, esda qolarli va tovarning afzalliklarini yetkazib bera oladigan professional neyming.

 

Farmasevtik tijorat nomlarini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

 

  • preparat nomi qisqa bo‘lishi kerak (iloji boricha 8-10 harf)
  • preparat nomini aytish oson bo‘lsa, uni eslab qolish ham oson bo‘ladi
  • preparat nomi ikki xil ma’noga ega bo‘lmasligi kerak
  • preparat nomi uni qo‘llash kerak bo‘lgan sohaga ishora qilishi foyda keltiradi
  • preparat nomi o‘ziga xos, boshqalarda ishlatilmagan bo‘lishi kerak, uni odamlar aniq tushuna olishlari va vrachlar ham bitta o‘qiganda kerakli xulosa qila olishlari shart.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back To Top
Theme Mode