Bugun kompaniyalar shunchaki tovarni emas, tijorat belgilarini, brendlarni sotishadi, iste’molchilar ham mahsulotni emas, brendni tanlab xarid qilishadi. Shuning uchun kompaniyalar borgan sari barcha aydentika elementlariga katta e’tibor berib kelishmoqda, chunki aynan brend xaridorning do‘konda qabul qiladigan qaroriga ta’sir qiladi.
Tijorat markasining eng muhim qismlaridan biri bu neyming. Neyming — brend yoki mahsulotning tijorat nomi, aynan shu nom oxir oqibat xaridorning ko‘ziga tushadi.
Odatda, neyming mahsulotning o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari va tarkibidan kelib chiqib tanlanadi. Lekin bu shunchaki mahsulot haqida o‘ylab, uni biror xususiyatidan neyming yasash mumkin degani emas — neymingni tekshirib ko‘rish kerak, uni auditoriya qanday tushunadi, intervyu va fokus-guruhlardagi suhbat qanday natija beradi, neyming naqadar o‘ziga xos (balki raqobatchilarda bunday nom allaqachon bordir?) va uni rasman ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinmi degan savollarga albatta javob olish shart.
Neymingni professional tanlash brendga raqobatchilar orasidan ajralib chiqib, o‘z o‘rnini topib, kompaniyani yuridik jihatdan himoyalab, mahsulot atrofida лояльный auditoriyani shakllantirishga yordam beradi.