01.09.2023
Brend xabardorligi va sodiqlik nima?
Brendlar har kuni o'zaro bellashishadi — asosan bu bellashuv do'konlar rastalarida emas, iste'molchilarning xayollarida bo'lib o'tadi.
Agar biz “smartfon” desak, xayolingizga qaysi kompaniya keladi? “Kir yuvish kukuni” desak-chi? “Kartoshak chipslari” deganimizda-chi?
Fikrimizcha, smartfon deganda xayolingizga birinchi bo'lib Apple, Samsung yoki Xiaomi brendlari keladi — chunki ular bozorimizda top-of-mind brendlari hisoblanishadi.
Top-of-mind — bu 50% iste'molchilar kategoriya nomini eshitgani zahoti eslay oladigan brend hisoblanadi.
Top-of-mind bo'lish uchun aydentika, kommunikatsiya, auditoriya ko'z oldida bo'lish kabi maqsadlarga ko'p resurs tikish kerak — sizni mijozlar rastalarda ko'rishlari, tashqi reklama bannerlarida payqab turishlari, digital'da ko'rib turishlari va shu vaqtning o'zida neymingingiz hamda firma uslubingizni oson eslab qolishlari shart.
Brendni tanib olish asta-sekin brendga bo'lgan sodiqlikka yetaklaydi — bunday sodiqlik brendning o'ziga, yoki uning ma'lum bir mahsulotiga nisbatan shakllanishi mumkin. Bu sodiqlik qandaydir muhabbat tufayli yuzaga kelmaydi, axir insonlar kamdan-kam hollarda brendni sevishadi. Asosan bu sodiqlik o'rganib qolish, ko'nikish bilan bog'liq — brendni rastada ko'ramiz, uni taniymiz, oldin brend bilan bo'lgan tajribamizni eslaymiz, va yana uni xarid qilamiz.
Sodiqlik agentlik va biznes tomonidan birgalikda shakllanadi: agentlik aydentika, neyming, kommunikatsiya va brending shakllantirib turgan bir paytda, biznes mahsulot sifatini, malakali distribyutsiyani va kengayish kabi omillarni ta'minlab turadi
Boshqa maqolalar
02.08.2024
Soyabon brendi: bu nima, nima uchun va kim uchun?
Umbrella brendingi o‘z identifikatorini mustahkamlamoqchi bo‘lgan va yagona nom ostida keng turdagi mahsulotlarni qamrab olmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun kuchli strategiyadir. Ushbu maqolada biz soyabon brendingining asosiy jihatlarini, uning asosiy omillari va afzalliklarini ko'rib chiqamiz va ushbu strategiya sizning biznesingiz o'sishi va rivojlanishiga qanday yordam berishi mumkinligini bilib olamiz.
04.06.2024
Xususiy brend: Chakana savdo dunyosidagi yangiliklar
Chakana savdo dunyosida o'sib borayotgan tendentsiya mavjud - xususiy yorliqlardan (PLs) foydalanish. Savdoga bunday yondashuv chakana sotuvchilar uchun ham, ishlab chiqaruvchilar uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi. Ushbu maqolada biz xususiy yorliqlar nima ekanligini, ular mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishini, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqamiz, shuningdek, muvaffaqiyatli xorijiy xususiy yorliqlarga misollar keltiramiz.
28.05.2024
Xitoy tovarlarining O‘zbekiston bozoridagi muvaffaqiyatida brendingning o‘rni
So'nggi yillarda Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyoti jahon miqyosida jadal o'sishni ko'rsatib, yalpi ichki mahsulot o'sishi va tashqi savdo bo'yicha jahon ro'yxatida ikkinchi o'rinni mustahkam o'rnatdi.