21.02.2023
Uzum nima?
Marketpleys - sotuvchilar jamlangan, sogʻlom raqobat mavjud boʻlgan onlayn maydondir. Ushbu maqolada qulay, vaqt tejaydigan va tezkor sotuv platformalardan biri boʻlgan Uzum.uz ni tahlil qilamiz. Uzum.uz oʻzida bir nechta funksiyalarni jamlaydi: tovarlarni saqlash, buyurtmalarni yigʻish va butun mamlakat boʻylab yetkazib berish uchun ombor va logistika, tovarlarning foto- videosi tayyorlanadigan fotostudiya.UZUM» OʻZI NIMA
Manba: uzum.uz
Mahalliy raqobatchilari: Sello.uz, Glotr.uz, Prom.uz, Zoodmall.uz va boshqalar.
Xorijdagi analoglari roʻyxati: Wildberries.ru, Ozon.ru, Market.Yandex.ru, Alibaba.com, Aliexpress.com, Amazon.com va h.k.
Uzum marketpleysida roʻyxatdan oʻtishning bir qancha bosqichlari mavjud:
Shaxsiy kabinet ochish (roʻyxatdan oʻtish, hujjatlarni yuklash, faollashtirish);
Doʻkon ochish;
Tovar kartochkasini yaratish (tovar haqida ma’lumot).
Endi, maqolaning eng qaymoq qismiga oʻtadigan boʻlsak, onlayn doʻkon ochishda va ochgandan keyin tugʻiladigan savollarga javobni dialog shaklida taqdim etamiz:
Komissiya qancha?
- Komissiya (har bir tovardan ushlab qolinadigan foiz) marketpleysning rasmiy sahifasida yozishicha, ularda boshqa konkurentlarga qaraganda, 4,5 marotaba kam ekan. Mahsulot qanchalik qimmat boʻlsa, komissiya ham shunchalik arzon boʻladi:
- 0 dan 49 800 soʻm gacha 20%
- 49 900 dan 99 800 gacha 18%
- 99 900 dan 149 800 gacha 15%
- 149 900 dan 199 800 gacha 12%
- 199 900 dan 299 800 gacha 10%
- 299 900 dan 399 800 gacha 8%
- 399 900 dan 699 800 gacha 7%
- 699 900 dan 999 800 gacha 6%
- 999 900 dan 2 998 800 gacha 5%
- 2 998 900 va undan yuqori 3%
Skladdagi mahsulot miqdori kamida qancha boʻlishi kerak?
- Mahsulot miqdori chegaralanmagan. Eng kamida sizda bir dona tovar boʻlsa ham uni Uzum da sota olasiz;
Reklamada tovarim chiqishi uchun nima qilishim kerak?
- Tovaringiz topga chiqishi uchun savdo taklifi mavjud.
Alohida rasm va videochi yollashim kerakmi?
- Barcha fotostudiya xizmatlari bepul taqdim etiladi.
Xizmat koʻrsatish turlari ham sotiladimi?
- Xizmat koʻrsatish turlari reklama qilinmaydi;
Sotilgan tovar puli necha kunda tushirib beriladi?
- Mahsulot puli 10 kun ichida kabinetingiz hamyoniga tushirib beriladi. U yerdan esa xohlagan vaqtingizda chiqarib olishingiz mumkin boʻladi.
Chet eldan brend tovarlar olib kelib, doʻkonimda sotadigan boʻlsam, shaxsiy logotipim ham koʻrinadimi?
- Bu kabi tovarni sotishingiz mumkin, logotipingiz ham koʻrinadi.
Brendlarning replikasini ham sotsam boʻladimi?
- Uzum da brendning nusxalarini sotish qat’iyan man etiladi. Mualliflik huquqi egalaridan da’volar kelib tushgan taqdirda, shartnomaga koʻra, asosiy javobgar shaxs - sotuvchi hisoblanadi.
Bozordan optom tovar olib, Uzum.uz da sotsam boʻladimi?
- YTT, MCHJ sifatida roʻyxatdan oʻtib, bozordan optom tovar sotib olib, uni Uzum da sotishingiz mumkin.
Tovar kartochkasidagi narxni oʻzgartira olamanmi?
- Ayrim sabablarga koʻra tovaringiz narxini oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, bemalol buni amalga oshira olasiz. Mahsulotlaringiz narxini kiritishda ehtiyotkor boʻling, agar siz notoʻgʻri narx belgilagan boʻlsangiz va mahsulot sotib olinsa, buyurtmani bekor qilishning iloji yoʻq va xaridor oʻz buyurtmasini saytda belgilangan va koʻrsatilgan narxda olish huquqiga ega.
Xaridor tovarimni qanday holatda qaytarib berishga haqli?
- Xaridor tovaringizni 4 kun ichida hech qanday sababsiz qaytarib berish huquqiga ega.
Rassrochka (boʻlib toʻlash) ga berilgan tovarimni pulini qay tartibda olaman?
- Uzum.uz oʻz byudjetidan xaridor uchun rassrochkaga beradi. Sotuvchiga esa tovarni olishlari bilan belgilangan muddat ichida pulini tushirib beradi.
Minuslari bormi oʻzi?
- Ish bor joyda kamchilik boʻlganidek, Uzum.uz haqidagi otzivlarni oʻqib chiqqanimizda, suyuqligi bor mahsulotlar, toʻkilgan holda kelishini aytishgan. Shuningdek, bir xaridor pulini qaytara olmayotgani haqida shikoyat qilib yozgan. Izohlar qanchalik toʻgʻri ekanligini yuz foiz tasdiqlay olmaymiz. Chunki har kim ham kommentga kirib oʻz fikrini qoldirishi mumkin ekan.
Boshqa maqolalar
02.08.2024
Soyabon brendi: bu nima, nima uchun va kim uchun?
Umbrella brendingi o‘z identifikatorini mustahkamlamoqchi bo‘lgan va yagona nom ostida keng turdagi mahsulotlarni qamrab olmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun kuchli strategiyadir. Ushbu maqolada biz soyabon brendingining asosiy jihatlarini, uning asosiy omillari va afzalliklarini ko'rib chiqamiz va ushbu strategiya sizning biznesingiz o'sishi va rivojlanishiga qanday yordam berishi mumkinligini bilib olamiz.
04.06.2024
Xususiy brend: Chakana savdo dunyosidagi yangiliklar
Chakana savdo dunyosida o'sib borayotgan tendentsiya mavjud - xususiy yorliqlardan (PLs) foydalanish. Savdoga bunday yondashuv chakana sotuvchilar uchun ham, ishlab chiqaruvchilar uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi. Ushbu maqolada biz xususiy yorliqlar nima ekanligini, ular mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishini, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqamiz, shuningdek, muvaffaqiyatli xorijiy xususiy yorliqlarga misollar keltiramiz.
28.05.2024
Xitoy tovarlarining O‘zbekiston bozoridagi muvaffaqiyatida brendingning o‘rni
So'nggi yillarda Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyoti jahon miqyosida jadal o'sishni ko'rsatib, yalpi ichki mahsulot o'sishi va tashqi savdo bo'yicha jahon ro'yxatida ikkinchi o'rinni mustahkam o'rnatdi.