AquaDiamond
Bizning dizaynerlar jamoamiz klassik retseptning yangiligi va yorqinligidan ilhomlanib, haqiqatan ham sershovқ, zamonaviy va qulay qadoқ ishlab chiqdi.
1. Vazifa
Aqua Diamond kompaniyasi bizga shunchaki oddiy ichimlikdan koʻproq narsa istashayotganini aytib murojaat qilishdi. Ularning gʻoyasi aniq edi: Moxito ichimligi dizayni jozibali boʻlishi, yangiligi va tabiiyligini aks ettirishi kerak, lekin shu bilan birga, ushbu mahsulotning anʼanaviy va hammaga tanish xususiyatlarini yoʻqotmasligi lozim edi.
2. Tadqiqot
Biz Moxito ichimliklar bozoriga chuqur kirib, raqobatchilarni oʻrgandik va isteʼmolchilarni jalb qiladigan kuchli tomonlarni aniqladik. Natijada yorqin va ishtahani ochadigan meva vizuallari nafaqat trendda, balki muvaffaqiyat kaliti ekanini aniqladik.
3. Yechim
Har bir qadoq elementlari eng kichik detallargacha alohida eʼtibor bilan ishlab chiqildi. Uch xil taʼm: 1) limon va qulupnay, 2) limon va yalpiz, 3) anor — har bir meva boʻlagi shunday ishtahaochar qilib ishlandiki, bir koʻrishdayoq mahsulotni tatib koʻrish istagini uygʻotadi. Muzlarni ham alohida yondashuv bilan render qildik: u sof kristallar kabi koʻrinib, salqinlik hissini kuchaytiradi. Anor dizayni qoʻshilishi ham bejiz emas: 2024-yilda anor taʼmiga ega ichimliklar trendga chiqdi. Aqua Diamond ham endi bu trenddan orqada qolmaydi.
Natija
2024-yil oxirida yangi Moxito mahsuloti Oʻzbekiston doʻkonlarida paydo boʻlib, darhol mashhurlik qozona boshladi. Xaridorlar yorqin dizaynini yuqori baholadilar, savdolar esa birinchi haftalardan boshlab oʻsishni boshladi.
Shunday qilib, dizayniga toʻgʻri yondashish nafaqat mahsulotga koʻrk beradi, balki uni bozorning muvaffaqiyatli ishtirokchisiga aylantirishga yordam beradi. Baʼzi mahsulotlarni doʻkon rastasidan olib tatib koʻrgingiz keladi. Moxito aynan shunday dizayndagi mahsulot boʻldi.