Chaomi
Brendlaringizni ajralib turishi va bozorga chiqishini ta’minlaymiz. To‘liq dizayn tsikli: neymlashdan digital marketinggacha. Chaomi’ni qanday ishga tushirganimizni bilib oling!
1. Kirish
Biz — Minim jamoasimiz va bizning vazifamiz brendlarni yorqin, taniqli va muvaffaqiyatli qilishdan iborat. Noyob vizual uslublar yaratgan holda dizayn boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatamiz hamda kompaniyalar yangi mahsulot bilan bozorga chiqishida ularga hamrohlik qilamiz. Ushbu keysda Chaomi brendi, yaʼni Toshkent aholisi qalbidan joy olayotgan oʻzgacha loyiha — sutli choylar brendi bilan hamkorlik haqida maʼlumot beramiz.
2. Vazifa
Oldimizda kompaniya uchun brending yaratish va uni Oʻzbekiston bozoriga kirib borishida koʻmaklashish vazifasi turgandi. Brend haqida qisqa maʼlumot: Chaomi — bu sharqona anʼanalar asosida tayyorlanadigan turli ichimliklar, shu jumladan sutli choylar taklif qiladigan maskan. Loyiha doirasida biz quyidagi vazifalarni oʻz zimmamizga oldik:
• Noyob neyming
• Mahsulotlar nomlarini moslashtirish
• Brend logotipini yaratish
• Qadoq dizayni va pechatga tayyorlash
• Interyer dizayni boʻyicha konsultatsiyalar
• digital-marketingda qoʻllab-quvvatlash
3. Bajarilgan ishlar
Neyming: biz taklif qilgan “Chaomi” nomi uchta soʻzning yigʻindisi hisoblanadi: “cha” — bu xitoy tilida “choy” degani, “orient” ingliz tilida “Sharq”ni anglatadi, “mi” esa “milk”, yaʼni sutni ifodalaydi. Bunda brend sharqona anʼanalarga asoslanishi hamda asosan sutli choylar taklif qilishini inobatga oldik.
Logotip: soʻng oʻzbek va xitoy madaniyatlarini birlashtiruvchi, brend gʻoyasini ifodalovchi xos uslubdagi logotip yaratdik.
Qadoq dizayni: sutli choy va boshqa ichimliklar qopqoqli plastik stakanlarda taqdim etilishini inobatga olib, ularning dizayniga alohida eʼtibor qaratdik.
4. Bajarilgan ishlar
2D maskot: noyob qahramon ishlab chiqdik — yoqimtoy malika endi brend timsoliga aylandi.
Assortiment: mahsulotlar mahalliy aholiga tushunarli boʻlishi uchun ularning nomlarini oʻzbek tiliga moslashtirib tarjima qildik.
Interyer: maskanning interyer dizayni boʻyicha jamoaga kerakli tavsiyalarni berdik.
Bozorga kirish: pudratchilar bilan ishlarni tashkillashtirib, brend Oʻzbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishiga koʻmaklashdik.
Digital-marketing: Wechat ilovasida brend menyusi va akkaunti dizaynini yaratdik, Instagramʻda akkauntni upakovka qildik.
Natija
Chaomi maskani oʻz faoliyatini boshladi va sotuvlar faol ketmoqda. Brend bozorda oʻz oʻrnini egallab bormoqda, sutli choylar esa Toshkent aholisi orasida mashhurlikka erishmoqda. Biz Chaomi muvaffaqiyatli start olishida va uning ulkan maqsadlari amalga oshishida oʻz hissamizni qoʻshganimizdan faxrlanamiz.
Agar sizga ham kuchli aydentika, esda qolarli dizayn va bozorga kirib borishda kompleks yordam kerak boʻlsa, Minimʻga murojaat qiling. Biz brendingizni qanday qilib muvaffaqiyatli qilishni bilamiz!