Bes Xan

Bes Xan

O‘zbekistonda choy shunchaki kundalik ichimlik emas. Bu oʻzbek xalqining mahalliy madaniyatining bir qismi, mehmondoʻstlik va mehr-oqibat ramzi. Shu bois O‘zbekistonning har bir hududida choy mahsulotlarining ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda.

  • Neyming

1. Yechim

Biz bilan Qoraqalpog'istonda joylashgan mahalliy choy ishlab chiqaruvchi mijozimiz bog'landi. Ular yangi mahsulot uchun nom, logotip va qadoqlash dizaynini ishlab chiqishlari kerak edi. Bizning jamoamiz tadqiqotdan boshladi. Tadqiqotlarimiz natijasida Qoraqalpog‘iston tarixida beshta qal’a bo‘lib, ularni beshta xon boshqarganligini aniqladik.

Natija

Shu ma’lumotlardan kelib chiqib, yangi mahsulotga “Bes Xan” deb nom berishga qaror qildik. Bu "Besh xon" degan ma'noni anglatadi. Keyingi bosqichda biz tanlangan nom va mahsulot turini birlashtirgan logotipni ishlab chiqdik. Logotipda biz besh raqamni ifodalovchi choy bargini ko'rsatdik.