Needz — shaxsiy gigiyena vositalari

Needz — shaxsiy gigiyena vositalari

Needz — shaxsiy gigiyena vositalari

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
  • Logotip

1. Vazifa

Biz har doim bozorda insonlarga kerakli mahsulotlar paydo bo‘lishidan xursand bo‘lamiz. Bu safargi keysimiz — tagliklar va shaxsiy gigiyena vositalari ishlab chiqaruvchi brend uchun ishlangan brending.

Oldimizda brend bo‘ladigan nom topish, logotip yaratish, qadoq dizayni uchun barcha mahsulotlarni birlashtirib turuvchi yagona konsepsiya ishlab chiqish, ranglar kombinatsiyasini tanlash vazifalari turgandi.

2. Neyming

Ishni neyming, ya’ni nom topishdan boshladik. Bunda mahsulotning maqsadidan kelib chiqib, inglizcha “needs” — “ehtiyojlar” so‘zini asos qilib oldik. Unga unikallik bag‘ishlash uchun “needz” shakliga keltirdik. Natijada bolalar va kattalarning kundalik ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallangan mahsulot nomi paydo bo‘ldi.

3. Logotip

Dizaynda hozir minimalizm va oddiylik trendda. Shu bois logotipni ishlab chiqishda paxtani eslatuvchi shakl asos qilib olindi. Paxta ko‘plab gigiyena vositalarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. U yumshoqlik, mayinlik, soflik va tabiiylikni ifodalaydi. Dizayner nigohi bilan qaralsa, logotipda paxtaning quchoqlab turgan holati ham yashiringan.

4. Qadoq dizayni

Avvalroq ushbu brend mahsulotlari uchun turli dizaynlardan foydalangan. Bunda trendda bo‘lgan, sotilishi yaxshi bo‘lgan mahsulotlar dizayniga tayanilgan va ulardan ko‘chirilgan. Natijada mahsulotlar orasida vizual birlik yetishmagan, turli xil brendlar mahsuloti degan tasavvur hosil bo‘lgan.

Bunday yondashuv faqatgina qisqa muddatda foyda olib kelishi mumkin, ammo biznes uchun uzoq muddatli istiqbolda yaxshi ish bermaydi. Shu sababli biz barcha mahsulotlarni birlashtirib turadigan yagona dizayn konsepsiyasini ishlab chiqdik.

5. Qadoq dizayni

Ko‘k, och yashil va oq ranglar asosiy ranglar sifatida tanlab olindi — bular tozalik, mayinlik va xavfsizlikni bildiruvchi ranglardir. Mahsulot turini ajratib turish uchun mayin pastel ranglardan foydalandik. 

Qadoq dizayni

Do‘kon rastalarida ko‘zga tashlanib turish uchun “pyatno” (dog‘) uslubidan foydalandik — ko‘k va och yashil ranglari yordamida plashka hosil qildik.

Umid qilamizki, puxta o‘ylangan va ishlab chiqilgan nom, logo va qadoq dizayni korxonani haqiqiy brend darajasiga olib chiqadi va isteyemolchilar qalbidan munosib o‘rin egallaydi.