Sunlight

Sunlight

Biz Sunlight bir martalik salfetkalari uchun o'ram dizaynini yaratdik – zamonaviy, tushunarli va mahsulotning qulayligini aks ettiruvchi.

  • Qadoq dizayni

1. Kontekst

Uy toza bo‘lishi — bu shunchaki qulaylik emas, balki zaruriyat. Ayniqsa gap qulay va samarali tozalash vositalari haqida ketganda. Shunday mahsulotlardan biri — taniqli Sunlight brendidan pol uchun spirtli bir martali salfetkalar. Ular shvabra bilan birga taqdim etiladi. Mahsulotning muhim afzalligi shundaki, birgina salfetka 4 ta xonani tozalash uchun yetadi.

2. Vazifa

Oldimizda qiziq vazifa turgandi: yangi mahsulot uchun qadoq dizayni yaratish — dizayn Sunlight mahsulotlari lineykasiga mos kelishi hamda bu aynan pol uchun mo‘ljallangan salfetka ekanini ko‘rsatish muhim edi. Shu bilan birga, brendning asosiy uslubidan chetga chiqmagan holda mahsulot xususiyatlarini ko‘rsatib berishimiz kerak edi.

3. Tadqiqot

Biz bozorni va brendning avvalgi mahsulotlarini o‘rgandik, raqobatchilar mahsulotlari qadog‘ini ko‘rib chiqdik, mahsulot qanday maqsad uchun mo‘ljallanganini aniqlashda iste’molchilarga dizaynning qaysi elementlari yordam berishiga e’tibor qaratdik. 

4. Yechim

O‘rganishlar natijasida samarali qadoq dizayni ishlab chiqdik. Sunlight’ning maxsus uslubini saqlab qolgan holda qadoqni maksimal darajada tushunarli qiladigan yangi elementlar qo‘shdik:
• Bu aynan pol uchun mo‘ljallangan salfetka ekanini bildiruvchi vizual aksentlar qo‘shdik.
• Umumiy aydentikaga mos keluvchi zamonaviy dizayndan foydalandik, ammo boshqa mahsulotlardan ajralib qolmadi.
• Sodda va tushunarli ko‘rinishga keltirdik — barcha UTPlarni ko‘rsatdik hamda bu tozalash uchun samarali va qulay yechim ekanini bir qarashdan tushunarli bo‘lishiga erishdik.

Natija

Yakunda e’tibor tortuvchi, oson ko‘zga tashlanadigan hamda Sunlight brendi falsafasiga to‘liq mos keladigan qadoq dizayni paydo bo‘ldi. Endi iste’molchilar darhol bilishadi — bu mahsulot shunchaki salfetka emas, balki uy tozaligini saqlash uchun puxta o‘ylangan vosita.