23.05.2025

Qimmatroq sotish uchun qiymat yaratish yoxud qo‘shilgan qiymat nima?

Qimmatroq sotish uchun qiymat yaratish yoxud qo‘shilgan qiymat nima?

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat
Bugungi O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat — bu shunchaki iqtisodiy termin emas. Bu davlat strategiyasi, moliyaviy ustuvorlik va biznes uchun ko‘proq pul topishning haqiqiy imkoniyati. Bu ishlab chiqarishning yangi madaniyati: rastalarda mahsulotning xomashyo modelidan voz kechib, brend holatiga o‘tish.

Qo‘shilgan qiymat nima?
Sodda qilib aytganda, qo‘shilgan qiymat — bu xomashyo va tayyor mahsulot narxi orasidagi farq. Chuqurroq kirsak, tushunchaning ta’rifi ancha murakkabroq. Qo‘shilgan qiymat — bu qadoq, dizayn, tarix, tajriba, hissiyot, ma’no-mazmun. “Shunchaki oddiy mahsulot”ni yuqori marja va sodiq mijozlardan ajratib turadigan jihat.
 
1. Pomidor → Yog‘ga solingan quritilgan pomidor
Avval: yangi pomidor 1 kg uchun 1 $

Keyin: zaytun yog‘i va ziravorlar qo‘shilgan, quritilgan pomidor — 200 g uchun 5–7 $
Qo‘shilgan qiymat: qayta ishlov, qadoq, uzoq saqlash muddati, gastronomik qiymat.
 
2. Olma → Olma chipslari
Avval: olma 1 kg uchun 0.40 $
Keyin: chips qadog‘i (25 g) — 1.50–2.00 $
Qo‘shilgan qiymat: quritish, brendlash, sog‘lom ozuqa sifatida pozitsiyalash.
 
3. Ko‘katlar → Quritilgan ko‘kat / ziravorlar / choylar
Avval: yangi ko‘kat (kashnich, ukrop, petrushka) — 1 kg uchun ulgurji narxi $1.50–2.50 $
Keyin: quritilgan, 20–50 g hajmda banka yoki paketlarga qadoqlangani 1.50–3.00 $
Qo‘shilgan qiymat: 12 oy saqlash imkoniyati, eksportga mos qadoq, mahsulot afzalliklari
 
4. Quruq mevalar → Aralashmalar, snek (gazak)lar, batonchalar, brendlangan healthy-mahsulot
Avval: quruq mevalar ulgurji narxda 1 kg uchun 2.00–2.50 $
Keyin: sneklar: doy-pak qadoqlarda quruq mevalar aralashmasi, yong‘oqli energy-batonchalar 100 g uchun 2.50–5.00 $
Qo‘shilgan qiymat: brending, sog‘lom ovqatlanish, eksport qilish imkoniyati, qulay qadoq, sog‘lom ovqatlanish marketingi
 
5. Qovun → Quritilgan / shakarlangan qovun / qovun nektari
Avval:
yangi qovun, uzoq saqlanmaydi, tez irib qoladi, mavsumda arzon sotiladi: 1 kg uchun 0.25–0.40 $
Keyin: quritilgan qovun (bo‘laklari), shakarlangan qovun yoki qovun nektari — 100 g yoki 250 ml uchun 2–5 $.
Qo‘shilgan qiymat: saqlash muddati uzaytirilgan, olib yurish oson, eksport qilishga qulay, sovg‘abop qadoq, sog‘lom ovqatlanish tarziga mos gazak.
 
6. Ho‘l mevalar → mevalardan bolalar uchun pyurelar
Avval: olma, nok, olxo‘ri, o‘rik — 1 kg uchun 0.50–1.00 $
Keyin: qopqoqli yumshoq qadoqda mevali pyure — 100 g uchun 1.00–2.00 $
Qo‘shilgan qiymat: qulay shaklda, sterillangan, ota-onalar ishonchi, foydali tarkib, bolalar mahsuloti, sertifikat mavjudligi.
 
Nima uchun bu hozirgi paytda muhim?
O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda. Yangi bozorlar, yangi standartlar, yangi raqobat muhiti. Agar kecha shunchaki ishlab chiqarishning o‘zi yetarli bo‘lgan bo‘lsa, bugun g‘oyani qiymatga aylantirishni bilganlar g‘alabaga erishmoqda. 
Yurtimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytadi: “Biz paxta emas, tayyor tekstil mahsulotini sotishimiz kerak... Bugungi kunda asosiysi — qo‘shilgan qiymat va yangi ish o‘rinlarini yaratish. Har bir sanoat korxonasi zamonaviy texnologiya va ratsional uslublarga asoslanib qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirishi zarur”.

Davlat harakat qilmoqda: so‘zlar qonunlarga ko‘chmoqda
·         QQS qaytarib berilmoqda.

·         Agar biznesingiz o‘rta yoki yirik biznesga o‘tsa, davlat 1 yil davomida to‘langan QQSlarni qaytarib beradi. Hatto 7 kunlik tezkor muddatda. Bu O‘zbekiston qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan va amaliyotda ishlashni boshlagan.
·         Soliq imtiyozlari — mahalliy mahsulotlar uchun.

·         Meva va sabzavotlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladilar. Mahalliy mahsulotlar bilan ishlaydiganlarni davlat qo‘llab-quvvatlaydi. Manba
·         Tayyor mahsulotga urg‘u.

·         O‘zbekiston hukumati ochiq aytyapti: shunchaki xomashyo eksporti emas, qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar sanoati qo‘llab-quvvatlanadi. Batafsil
 
Brendlar uchun bu nimani anglatadi?
Qo‘shilgan qiymat = ko‘proq foyda + kamroq soliqlar + strategik qo‘llab-quvvatlash. Ammo bu hali hammasi emas. Yuqori marjaga eng tezkor yo‘q — bu brending, dizayn va qadoq.
 
MINIM: vizual va strategik qiymat yaratamiz
Biz MINIM'da O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘zgarib borayotganini ekspert sifatida kuzatib boramiz. Biznesga shunchaki sifatli mahsulotlar yetishmayapti — unga eksportga, rastalarda turishga, e’tiborga loyiq mahsulotlar kerak.
·         Qadoq — bu sizning birinchi sotuvchingiz.
·         Dizayn — bu chiroyli ko‘rinish emas, bu iste’molchi nigohidagi qiymat.
·         Brend konsepsiyasi — bu sizni narx raqobatidan himoya qiluvchi vosita.
 
Xomashyodan brendingga o‘ting. Ishlab chiqarishdan — qiymat yaratishga.
Davlat o‘zi tomondan kerakli qadamlarni qo‘yyapti — soliqlarni tushiryapti, QQSni qaytarib beryapti, mahsulotlarga qayta ishlov berishni hamda tayyor mahsulot eksportini qo‘llab-quvvatlayapti. Siz esa o‘z navbatida MINIM kabi professionallarga murojaat qiling. Biz iste’molchida mahsulotni xarid qilishga xohish uyg‘otadigan dizaynlar ishlab chiqamiz.

 

Boshqa maqolalar

2026-yilda O‘zbekiston muzqaymoq bozori: yuraklarni (va muzlatkichlarni) zabt etish strategiyasi

30.01.2026

2026-yilda O‘zbekiston muzqaymoq bozori: yuraklarni (va muzlatkichlarni) zabt etish strategiyasi

2026-yilga kelib O‘zbekiston muzqaymoq bozori xuddi bayram arafasidagi Chorsu bozoriga o‘xshaydi: rastalar to‘la, raqobat kuchli, hamma o‘z mahsulotini “eng zo‘ri” deb maqtamoqda. Lekin agar diqqat bilan qarasak, jiddiy o‘zgarishlarni ko‘ramiz. Muzqaymoq endi faqat chillada jonga oro berish vositasi emas. U madaniyatimizning bir qismiga, mehr-oqibat ko‘rsatish vositasiga va dasturxon ko‘rkiga aylanib ulgurdi. Ushbu tahliliy maqolada raqamlar, real hayotdan olingan misollar va o‘zbek bozoriga mos strategiyalar haqida so‘z boradi.

Eskisidan yangisiga: Qachon rebrending qilinadi va uni qanday samarali amalga oshirish mumkin?

12.01.2026

Eskisidan yangisiga: Qachon rebrending qilinadi va uni qanday samarali amalga oshirish mumkin?

Brendingiz dolzarbligini yoki bozordagi o‘z o‘rnini yo‘qotayotganini his qilyapsizmi? Ehtimol, sizga rebrending kerakdir. Tez o‘zgaruvchan va raqobat kuchli bo‘lgan hozirgi davrda aynan brendni yangilash muvaffaqiyatning kaliti bo‘lishi mumkin. Qachon o‘zgarish qilish kerakligini qanday aniqlash va bu jarayonni to‘g‘ri amalga oshirish haqida gapirib beramiz.

Shirinlik brendlari afsonalari: Brend hikoyalari qanday qilib iste’molchilar qalbini zabt etadi?

04.10.2025

Shirinlik brendlari afsonalari: Brend hikoyalari qanday qilib iste’molchilar qalbini zabt etadi?

Biz qalbimizga ta’sir qiladigan va xotiramizda uzoq saqlanib qoladigan hayajonli hikoyalarni yaxshi ko‘ramiz. Muvaffaqiyatli kompaniyalar buni yaxshi anglashadi va o‘z auditoriyalari bilan chuqur hissiy aloqa o‘rnatish uchun faol ravishda brend hikoyalaridan foydalanishadi. Yaxshi ishlangan brend afsonasi reklama bilan real hayot orasidagi chegarani yo‘qotadi: natijada iste’molchi uni majburiy marketing emas, balki zavq bilan eslanadigan va ulashiladigan qiziqarli voqea sifatida qabul qiladi.