12.08.2025
Biznes uchun taym-menejment: vazifalarni samarali rejalashtirishning 10 usuli
Sizga ham rejalashtirilgan ishlaringiz uchun 24 soat yetarli emasdek tuyuladimi? Zamonaviy hayot sur’ati bizdan maksimal samaradorlik va doimiy ravishda ko‘p vazifalarni bir vaqtda bajarishni talab qiladi. Ideal muvozanatni saqlash qiyin bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo muvaffaqiyatli tadbirkorlar vaqtni samarali boshqarish orqali bunga erishish mumkinligini yaxshi bilishadi.
Ushbu maqolada biz vaqtni oqilona taqsimlash, qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlashga yordam beradigan 10 ta samarali taym-menejment texnikasini jamladik.
1. Kanban usuli
Toyota kompaniyasi rahbari Taiichi Ohno tomonidan ishlab chiqilgan bu usul vazifalarni vizual ravishda kuzatib borish imkonini beradi.
Qo‘llash usuli:
Uch ustunli doska yarating:
- “Qilish kerak”
- “Jarayonda”
- “Bajarilgan”
Vazifalarni bajarilish holatiga qarab ustunlar bo‘ylab harakatlantiring. Yana nazoratni yaxshilash uchun “Ko‘rib chiqilmoqda” yoki “Tekshirilmoqda” kabi qo‘shimcha bosqichlarni qo‘shishingiz mumkin.
2. Taym-bloking (Time Blocking)
Bu usulni bir necha biznesni samarali boshqaruvchi tadbirkor Ilon Mask ommalashtirgan.
Qo‘llash usuli:
Har bir vazifa uchun aniq vaqt oralig‘ini belgilang:
- 09:00–10:00 — Hisobotlarni tahlil qilish
- 10:15–11:45 — Hamkorlar bilan uchrashuv
Bu usul vazifaga to‘liq diqqatni jamlash va umumiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi.
3. Ayvi Li metodi (Ivy Lee)
Bu usulni xodimlar samaradorligini oshirish uchun amerikalik konsultant Ayvi Li ishlab chiqqan.
Qo‘llash usuli:
- Har kuni kechqurun ertangi kun uchun 6 ta vazifani yozing.
- Vazifalarni ahamiyatiga qarab tartiblang (1-eng muhim).
- Ertalab eng muhim vazifadan boshlang va pastga qarab davom eting.
- Tugallanmagan vazifalarni keyingi kunga o‘tkazing.
Bu usul stressni kamaytiradi va asosiy vazifaga diqqatni oshiradi.
4. 1-3-5 metodi (“9 vazifa qoidasi”)
Bu usul kunlik vazifalarni haddan tashqari yuklanmasdan samarali rejalashtirish uchun juda mos keladi.
Qo‘llash usuli:
Har kuni quyidagilarni rejalashtiring:
- 1 ta katta va muhim vazifa
- 3 ta o‘rtacha vazifa
- 5 ta kichik vazifa
Eng muhimidan boshlab ketma-ket bajarib boring.
5. Eyzenxauer matritsasi (Eisenhower Matrix)
AQSH prezidenti Duayt Eyzenxauer tomonidan vazifalarni muhimlik darajasiga ko‘ra tasniflash uchun ishlab chiqilgan.
Qo‘llash usuli:
Vazifalarni 4 ta toifaga ajrating:
- Muhim va shoshilinch (darhol bajariladi)
- Muhim, ammo shoshilinch emas (rejalashtiriladi)
- Shoshilinch, ammo muhim emas (boshqalarga ishonib topshiriladi)
- Muhim ham, shoshilinch ham emas (kechiktiriladi yoki olib tashlanadi)
Bu vazifalarga qayerda birinchi navbatda e’tibor qaratishni aniqlashga yordam beradi.
6. ABCDE metodi
Bu usul Eyzenxauer matritsasiga o‘xshaydi, ammo faqat vazifaning muhimligini hisobga oladi va shoshilinchligini hisoblamaydi.
Qo‘llash usuli:
Vazifalarni 5 ta guruhga bo‘ling:
- A — juda muhim vazifalar (majburiy bajariladi)
- B — muhim vazifalar (bajarilishi kerak)
- C — ikkinchi darajali vazifalar (keyin bajarilishi mumkin)
- D — boshqalarga ishonib topshiriladigan vazifalar
- E — bajarilmasa ham bo‘ladigan vazifalar (olib tashlanishi mumkin)
Vazifalarni ketma-ketlikda (A banddan boshlab) bajaring.
7. Pomodoro metodi (Pomodoro)
Bu texnikani samaradorlikni oshirish va stressni kamaytirish uchun Franchesko Chirillo yaratgan.
Qo‘llash usuli:
- Taymerni 25 daqiqaga sozlang va boshqa narsaga chalg‘imasdan ishlang.
- 5 daqiqalik tanaffus qiling.
- Ushbu siklni 4 marta takrorlang.
- To‘rtta sikldan so‘ng uzoqroq tanaffus qiling (20–30 daqiqa).
Bu usul diqqatni ma’lum muddat ushlab turishga va charchashdan saqlanishga yordam beradi.
8. 52/17 qoidasi
Bu usul uzoqroq ishlashni afzal ko‘radiganlar uchun Pomodoro usulining muqobil variantidir.
Qo‘llash usuli:
- 52 daqiqa chalg‘imasdan ishlang.
- So‘ngra 17 daqiqalik tanaffus qiling.
Bu usul uzoq muddatli ishchanlikni saqlashga yordam beradi.
9. “168 soat” metodi
Bir hafta davomida vaqtingiz qayerga ketayotganini tushunishga yordam beradi.
Qo‘llash usuli:
- Bir hafta davomida barcha harakatlaringizni qayd etib boring.
- Muhim va ahamiyatsiz vazifalarga qancha vaqt sarflanganini aniqlang.
- Keyingi haftada samarasiz faoliyatlarni samarali vazifalar bilan almashtiring.
Bu vaqtni tejashga yordam beradi va kelajakdagi rejalarni yaxshilaydi.
10. “Avtofokus” usuli
Ushbu usul qat’iy jadvalga amal qilishni yoqtirmaydigan va ilhom kelgandagina ishlashni afzal ko‘radiganlar uchun juda mos keladi.
Qo‘llash usuli:
- Katta vazifalar ro‘yxatini tuzing.
- Hozirda bajarishni xohlayotgan vazifani tanlang.
- Xohishingiz yo‘qolguncha shu vazifa ustida ishlang va keyin boshqa vazifaga o‘ting.
Bu stressni kamaytiradi va ishga motivatsiyani oshiradi.
Vaqtni boshqarishning ushbu usullarini qo‘llash orqali samaradorligingizni sezilarli darajada oshirish, charchoqning oldini olish va maqsadlaringizga tezroq erishish mumkin.
Vaqtingizni samarali boshqarish orqali brendingizni rivojlantirishni istaysizmi?
Resurslaringizni tejaydigan va yanada ko‘proq mijozlarni jalb qilishga yordam beradigan professional brending va qadoqlash dizayni xizmatlari uchun biz Minim agentligi bilan bog‘laning!
Boshqa maqolalar

29.09.2026
O‘zbekistonda “HalOl” sertifikati: u biznesingizga nima uchun kerak, narxi qancha va qanday olinadi?
Oldinlari “Halal” belgisi ko‘pchilik uchun shunchaki chiroyli marketing nayrangi edi. Qadoqqa yashil yarim oy yopishtirilsa, savdo o‘saverardi. Ammo o‘yin qoidalari tubdan o‘zgardi. 2025-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda “Halal” markirovkasi davlat nazoratiga olindi. Endi bu belgi uchun faqat SMIIC standartlari asosidagi rasmiy sertifikat talab qilinadi. Sertifikat olish ixtiyoriy bo‘lsa-da, yirik supermarketlar, eksport yoki import xomashyo bilan ishlashda u biznesning asosiy shartiga aylandi.
Agar siz oziq-ovqat, kosmetika yoki hatto oddiy qadoqlangan suv ishlab chiqarayotgan bo‘lsangiz va qadog‘ingiz noqonuniy belgi uchun jarima yig‘ib kelishini emas, balki savdoni oshirishini istasangiz, yangi qoidalarni tushunib olishingiz kerak bo‘ladi. Ushbu maqolada biz bevosita brendlar bilan ishlovchi agentlik sifatida hammasini ipidan-ignasigacha bayon qilamiz: bugungi kunda qonuniy sertifikatlarni kim beryapti, ishlab chiqarishingiz qanday mezonlar asosida tekshiriladi, bu jarayon necha pulga tushadi va qaysi kutilmagan mahsulotlarda halollik statusi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

21.09.2026
Qadoq dizaynda mahalliy brendlarning xalqaro bozorga chiqishdagi odatiy xatolari
Oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar tobora koʻproq tashqi bozorga koʻz tikmoqda. Eksport qanchalik muvaffaqiyatli boʻlishini odatda qadoq hal qiladi. Odatda sabab mahsulot sifatida emas, balki tashqi bozor qadog‘i ichki bozordagi kabi chizilishida bo‘ladi. Yaʼni, oʻzimizda ishlanayotgan qadoqni olib, nomini inglizchaga oʻgirib qoʻyishadi, boʻldi tamom.
Quyida eng koʻp uchraydigan xatolar va ularning har biri nega dastlab koʻringanidan qimmatroq tushishi haqida so‘z yuritilgan.

15.09.2026
Oʻzbekistondagi bosmaxonalar imkoniyati va uning dizaynga taʼsiri qanday?
Chiroyli chizilgan prototip bilan bosmaxonadan chiqadigan qadoq har doim bir xil boʻlmaydi. Dizayner gʻayrioddiy shishani, unga yopishtirilgan baxmalsimon etiketkani va zarhal yozuvlarni chizib berishi mumkin. Asosiy savolni “buni ishlab chiqarish mumkinmi?”, deb qoʻyish kerak.
Muhimi, bu savol qadoq tasdiqlanishidan oldin, chizish paytidayoq qo‘yilishi kerak. Aks holda, qimmatga tushadigan qayta ishlash yoki “monitorda chiroyliroq edi” degan afsus-nadomat qoladi.
Oʻzbekistonda qadoq ishlab chiqarish FMCG bozori bilan birga oʻsib boryapti. Shuning uchun bosmaxonalarning real imkoniyatini bilish dizayner uchun rang va kompozitsiyani his qilishdek zarur.