Aston — oshxona texnikasi uchun neyming va qadoq dizayni
Aston (Yevropa bilan assotsiatsiya) neymingini va zanglamas po‘latdan yasalgan oshxona texnikasi uchun qadoq dizaynini ishlab chiqdik. Qora fon va qizil-pushti aksentlar texnologiklik va premiumlikni ta’kidlab, brendga O‘zbekiston bozorida yetakchilikni ta’minladi.
1. Vazifa
Ushbu kompaniya Oʻzbekistonda zanglamas poʻlat (nerjaveyka)dan elektr isitkich va boshqa oshxona buyumlari nishasida toʻlaqonli brend yaratgan birinchi kompaniya boʻlish maqsadi bilan oldimizga keldi.
Minim agentligimizga esa quyidagi vazifalar ishonib topshirildi:
• jarangdor va esda qolarli nom topish;
• zamonaviy logotip ishlab chiqish;
• suv isitkichlar uchun qadoq dizayni yaratish.
2. Tadqiqot
Biz bozorni oʻrgandik:
• bu sohadagi ishlab chiqaruvchilarning katta qismi yorqin aydentikaga ega emas;
• qadoq shunqaki oʻram uchun ishlatiladi va sotuv instrumenti sifatida qabul qilinmaydi;
• qadoq orqali isteʼmolchi mahsulotni koʻrmaydi, hatto u sifatli boʻlsa ham.
3. Yechim
Neyming
Mijozimiz brend uchun oson talaffuz qilinadigan, jarangdor va esda qolarli nom topish vazifasini qoʻydi. Shu bois biz diqqatimizni maʼnoga emas, talaffuzga qaratishga qaror qildik.
Biz Aston nomini taklif qildik:
• bu toponim, yaʼni joy nomi — Yevropa sifati haqida taassurot uygʻotadi;
• jarangdor, texnologik va quloqqa yaxshi eshitiladi;
• zanglamas poʻlat jihozlari va texnika vositalari uchun mos keladi.
Logotip
Biz zamonaviy, minimalizm uslubidagi logotip ishlab chiqdik:
• u brendning texnologik ekanini bildirib turadi;
• uni qadoqda ham, mahsulotlarning metall yuzalarida ham aks ettirish qulay.
Qadoq dizayni
Aston qadogʻida biz mahsulotning barcha afzalliklarini namoyishkorona tarzda aks ettirdik:
• vizual jihatdan sof va zamonaviy uslub tanladik;
• mahsulotning sifatli rasmlarini joylashtirdik;
• funksional vazifalari va beradigan qiymatlarini koʻrsatib beradigan grafik elementlar qoʻshdik.
Korobkada qora fon tanlangani esa texnologik va premium toifasidagi mahsulot hissini beradi, yorqin qizgʻish-pushti kontrastlar raqobatchilardan butunlay farqlanib turishga xizmat qiladi.
Natija
Aston oʻz nishasida toʻlaqonli aydentika va zamonaviy upakovkaga ega eng birinchi brendga aylandi.
Aston mahsulotlari Toshkent va yurtimizning boshqa hududlaridagi choyxona va restoranlarida keng ishlatiladi.
Brend ishonchli va zamonaviy brend sifatida bozorda oʻz oʻrnini egalladi, uning qadogʻi esa sotuvlar va taniqlilikni oshirishda asosiy ahamiyatga ega boʻldi.








